Namuna. Sulfat kislota ishlab chiqarish
Oqlovchi
|
Qoralovchi
|
Mineral o’g’itlar olinadi
|
Ishlab chiqaruvchi korxonadan 300 km gacha zaharli SO2 tarqalib tabiat va inson hayotiga zarar keltiradi
|
Bo’yoq moddalar olinadi
|
Sulfat kislota va oltingugurt birikmalari qishloq xo’jaligi ekinlari o’sishini sekinlashtiradi
|
Akkumulyatorda elektrolit
|
Suv havzalarining kislotalilini oshiradi
|
Turli xildagi sulfatlar olinadi
|
Marmarni yemiradi
|
Har xil kislotalar olinadi
|
Metallar korroziyasini kuchaytiradi
|
Neft mahsulotlari tozalanadi
|
Tuproq kislotaliligi oshadi
|
Tibbiyotda ishlatiladi
|
Odamda nafas olish organlari kasalliklarini ko’paytiradi
|
O’simliklarni himoya qilish vositalari olinadi
|
|
O’qituvchi barcha o’quvchining javobini umumlashtirish jarayonida quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
1. Muammoli savolga aniq javob topishga undash.
2. Muammoga aloqasi bor deb o’ylagan barcha fikrlarga e’tibor qaratish.
3. Ko’rgan, eshitgan, o’qiganlari asosida mustaqil fikrlarini aytish, o’z bilimlarini baholay olishga sharoit yaratish.
4. Har bir guruh a’zolarining mustaqil fikrlarini qisqa, lo’nda, tiniq, aniq qilib ifodalashlariga ko’maklashish.
5. O’rtog’ining o’zidan yaxshi fikrlashini sidqidildan tan olishga, ularga havas qilishga, ularni past darajada fikrlayotganligini tan olishga yo’naltirish.
6. O’rtog’ining ijobiy javoblarini o’zlashtirishga harakat qilish.
7. Darslikdan unumli foydalanishni bilish.
O’qituvchi umumlashtirish jarayonida aniq asosli javob aniqlanadi, yaxshi ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |