O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli vaziyat yaratish usullari.
*yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so’ng har bir o’quvchi bajargan tahliliy ishini barchaga o’qib eshittiradi; *muammolar va ularning yechimi bo’yicha jamoaviy fikr almashiladi; *himoyadan so’ng o’qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi. Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnaddorlik bildiradi. Bunday texnologiya bilan o’tkazilgan mashg’ulot natijasida o’quvchilar qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularga zarur bo’lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o’z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar. Muammoli vaziyat yaratish usullari. Muammoli ta’lim deyilganda o’quv materialini o’quvchilar ongida ilmiy izlanishga o’xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o’rganish tushuniladi. O’quvchining fikrlash faoliyatida mantiqiy to’g’ri, ilmiy xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Paydo bo’layotgan muammoni hal qilish uchun, u o’rganiladigan qoidalarni to’g’ri tushunib olishga intiladi. Har qanday ta’lim o’quvchi uchun muammolidir, chunki ta’lim o’quvchini unga hozirgacha noma’lum bo’lgan narsa bilan tanishtiradi: o’quvchi yangi materialni o’zlashtirishi, o’qituvchi va unga qo’yilgan talablarini bajarishi kerak, albatta. O’quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar yaratish ularda har narsani bilishga havas, fahm-farosatlilik, mustaqillik, o’qishga qiziqish va ijod qilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’quvchi ongida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, o’quvchining faol fikrlash faoliyati, o’quv materialini puxta o’zlashtirib olishlari haqida SHarq pedagoglari ham o’zlarining qimmatli fikrlarini aytib o’tganlar. Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’zining pedagogik va didaktik qarashlarida, o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan, turli mavzularda mulohazalar yuritishni, shuningdek, o’quvchining zerikmasligini, xotirasiga malol keltirmaslikni (zo’riqtirmaslikni) ta’kidlab, «Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir, hadeb bir narsani o’qiyverish zerikarli bo’ladi va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli-tuman bog’-rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar-o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko’rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi voqea - narsa kishiga rohat bag’ishlaydi», degan yedi. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o’rganiladigan fanlarga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni, o’ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o’rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. Sir emaski, bir xil yoshdagi o’quvchilarning jismoniy va aqliy xususiyatlariga ko’ra tushunish, fikrlash, ish bajarish qobiliyatlari ham turlicha bo’lishi mumkin. Buni ayniqsa, muammoli holatni yaratish uchun o’quvchilarni ruhiy jihatdan puxta tayyorlashda hisobga olmoq zarur. Nazorat savollari Muammoli ta’lim texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Muammoli metodga qo’yiladigan talablarni ayting. Kimyo fanini o’qitishda muammoli darslardan foydalanish yo’llarini ayting. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling