O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet62/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Animasiya va simulyasiya. Kompyuter animasiyasi va modellashtirish kimyoviy tuzilmalar va jarayonlarni tushunish uchun universal asbob bo`ladi. Animasiyalarda ketma ket diagrammalar, ramziy tasvirlar, strukturalar va b. hamda kimyoviy reaksiyalar paytida sodir bo`ladigan turli jarayonlar namoyish etiladi.
Simulyasiya kompleks vaziyatlarni qabul qilish uchun ajoyib vaziyat yaratadi hamda dasturiy ta`minot yordamida tasvirni va reaksiyaning ma`lum parametrlarini o`zgartirish imkonini beradi.
O`qitish simulyasiyasi:
• Laboratoriyalarda virtual tajribalarni tashkil qilish kamroq vaqt talab qiladi va jihozlardan foydalanish hamda natijalar bilan ishlashda hatoliklarga yo`l qo`ymaydi.
• Kimyoviy reaksiyalar jarayonlarini ishlash.
• Atomlardan molekulalar qurish.
• ... yordamida tuzning molekulyar erishini tasvirlash.
• Titrlash bilan bog`liq tajribalarni simulyasiya qilish.
Boshida ta`kidlaganimizdek kimyo o`qituvchilari uchun real muammo - o`quvchilar kimyoni ko`rinadigan molekulyar (makro)/ atom (mikro) va ramziy darajalarda tushunishini osonlashtirishdan iborat.
Shuning uchun animasiyadan foydalanish o`quvchilar tushunishini yengillashtiradi, ko`pchilik kimyoviy jarayonlarni ko`rinadigan qilib ifodalaydi.
Animasiya yaratish, rasm chizish, saytlarni yaratish uchun odatda foydalanadigan dasturiy ta`minot: Flash, FreeHand, Dreamweaver va Feyerverklar (Fireworks).
Java dasturlash tili interaktiv xususiyatlarga ega Java-appletlar yaratish uchun qo`llaniladi.
Virtual kimyoviy laboratoriya dastur animasiya tenglama va boshqalar shaklida foydalanish mumkin bo`lgan reaksiyalar bazasi va laboratoriya jihozlari hamda kimyoviy moddalar to`plamiga ega.
Virtual laboratoriya dasturi turli moddalar bilan tajribalarni vizual (ko`z bilan ko`rsa bo`ladigan qilib) o`tkazish imkonini beradi.
Turli dasturlar - virtual laboratoriyaning dasturiy ta`minoti qo`shimcha o`ziga xos xususiyatlarga ega. Dastur bilan ishlashni osonlashtirish uchun uchun “assistant” tushunchasi, hisob-kitoblar asosida tuzilgan o`zgartirigichlar majmui, tajribalarni qayd qilish uchun laboratoriya jurnali mavjud.
Virtual tajribalar konsepsiyasi taxminan 20 yil oldin paydo bo`lgan, bunda interfeysdan faol foydalanilganda dasturiy ta`minotga o`qituvchi o`zi qo`l bilan ko`proq kimyoviy modda va reaksiyalar qo`shishishlari mumkin va shu bilan o`quvchilar tajribasi oshiriladi. Shunday qilib, virtual laboratoriya laboratoriya mashg`ulotlarini “interaktiv modellashtirilishini” ta`minlaydi.
Virtual laboratoriya bo`yicha dasturiy ta`minot – bu o`quvchilar tajribalar o`tkazishi mumkin bo`lgan, kimyoviy moddalar va ularning miqdori, idish, jihozlar va boshqa narsalarni tanloviga nisbatan qaror qabul qilish imkonini beradigan dasturdir.
Bunday dasturlani yuqori darajadagi moslashuvchanlik va nazorat darajasi tavsiflaydi. Virtual laboratoriya yana bir qancha afzalliklarga ega, ular yordamida o`qituvchi va o`quvchilar qo`yilgan maqsadlar, jihozlar, kimyoviy moddalar va reaksiyalar hamda sharoitlar mavjudligini hisobga olgan holda eng samarali tajribalarni tanlashlari mumkin. Bunday rejalashtirish mustaqil o`rganish orqali potensial qobiliyatlarni rivojlantiradi. Aslida virtual tajribalar – bu amalda o`tkaziladigan laboratoriya mashg`ulotlariga qo`shimcha mashg`ulotlardir.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling