O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet60/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Demak, 16,4% ozuqa elementi bor



Demak, 13,9% ozuqa elementi bor



Demak, 35% ozuqa elementi bor

Shu bilan birga bugungi kunda har bir fan o`qituvchisi xorijiy tillarni bilishi ham dolzarb vazifalardan biridir. Bu ham fanlararo integratsiyani yo`lga qo`yishda muhimdir. Kimyo fani o`qituvchisi ham darslarda o`quvchilarning rus tili va ingliz tillarini yaxshi o`zlahtirishlari uchun o`z xissasini qo`shishi lozim. Buning uchun kimyo darslarida kimyoviy tushuncha va atamalarni rus, ingliz tillarida ham o`rgatish maqsadga muvofiqdir. Bunday aloqadorlikni ta`minlash fanni va tillarni o`rganishga zamin tayyorlaydi. Kimyoning rus va ingliz tili bilan aloqadorligini quyidagi metod misolida qo`llash yaxshi samara beradi.
Pinbord. Kimyoviy elementlarni turli tillarda o`rganamiz.

Kimyoviy element nomi

Kimyoviy belgisi

O`zbekcha

Lotincha

Ruscha

Inglizcha

Azot

Nitrogenium

Aзот

Nitrogen

N

Alyuminiy

Aluminum

Aлюминий

Aluminum

Al

Bariy

Barium

Бaрий

Barium

Ba

Bor

Borum

Бор

Boron

B

Vodorod

Hydrogenium

Водород

Hydrogen

H

Kislorod

Oxygenium

Kислород

Oxygen

O

Uglerod

Carbonium

Углерод

Carbon

C

Xlor

Chlorum

Xлор

Chlorine

Cl

Brom

Bromum

Бром

Bromine

Br

Ftor

Ftorum

Фтор

Fluoride

F

Natriy

Natrium

Натрий

Sodium

Na

Oltingugrt

Sulfur

Сера

Sulphurous

S

Kaliy

Kalium

Kaлий

Potassium

K

Mis

Cuprum

Meдь

Copper

Cu

Qo`rgoshin

Plumbum

Свинец

Lead

Pb

Qalay

Stannum

Oлoвo

Tin

Sn

Kremniy

Silisium

Kремний

Silicon

Si

Temir

Ferrum

Железо

Iron

Fe

Magniy

Magnezium

Maгний

Magnesium

Mg

Marganes

Manganesum

Maрганец

Manganesium

Mn

Xrom

Chromum

Xром

Chrome

Cr

Kumush

Argentum

Серебрo

Silver

Ag

Litiy

Litium

Литий

Lithium

Li

Kalsiy

Calcium

Kaльций

Calcium

Ca

Berilliy

Beryllium

Бериллий

Beryllium

Be

Fosfor

Phosphorus

Фосфор

Phosphoric

P

Rux

Zincum

Цинк

Zinc

Zn

Kadmiy

Cadmium

Kaдмий

Cadmium

Cd

Kobalt

Cobaltum

Koбальт

Cobalt

Co

Nikel

Nickelum

Никель

Nickel

Ni

Yod

Iodum

Йод

Iodine

Y

Simob

Hidrargirum

Ртуть

Mercury (Quicksilver)

Hg

Oltin

Aurum

Золотo

Gold

Au

Surma

Stabium

Сурьмa

Antimony

Sb

Mishyak

Arsenium

Mышьяк

Arsenic

As

Molibden

Molybdenum

Moлибден

Molybdenum

Mo

Selen

Selenium

Селен

Selenium

Se

O`quvchilar kimyoviy element nomlarini rus va ingliz tillarida o`rganib olishsa, turli moddalar nomini ham o`rganishlari oson bo`ladi. Anorganik moddalardan oksid, kislota, asos va tuzlarni nomlashda kimyoviy elementlarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun o`quvchilarga dastlab kimyoviy elementlarni mukammal o`rgatish zarur hisoblanadi. Kimyo darslarida fanlararo bog`liqlikni ta`minlash orqali o`quvchilarning fanni va tilni o`rganishga bo`lgan qiziqishini oshirishga hamda o`z ustida ishlashiga yordam beradi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, kimyo ta’limida integratsiyani amalga oshirish masalalarini o’rganish, jumladan, kimyo fizika, matematika darsliklarining nazariy tahlili bu fanlar orasida uzviylik (vaqt ma’nosida) ta’minlanmaganligi, matematika darsliklarida ekologik mazmundagi masalalarning, yuqori sinflarda esa fizika, tatbiqiy masalalar miqdori kamayib ketganligi aniqlandi. Mazkur fanlarni integratsiya qilish maqsadida: ekologik, fizik, kimyoviy mazmundagi masalalar darsliklarning yangi avlodlarida ko’paytirish; mazkur fanlarda keng qo’llaniladigan tushunchalar, modellashtirish ko’nikmasi, funktsional bog’lanish, tenglamalarni yechish ko’nikmalarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish va ularni malaka darajasiga yetkazish maqsadga muvofiq.
Nazorat savollari

  1. Kimyo fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligini qanday tushuntirish mumkin?

  2. Kimyoning nazariy masalalarini nimalarda ko’rish mumkin.

  3. Psixologiya va fiziologiya fanlarining kimyo o’qitish metodikasi fani orasidagi bog’liqlikni asoslab bering.

  4. Kimyo fanini o’qitishda axborot texnologiyasidan foydalanish uchun qanday fanni o’rganish zaruriyati tug’iladi?



14-Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda axborot texnologiyalari, ularning turlari
Reja:

  1. Axborot texnologiyalarini o’qitish jarayoninida qisqa vaqt ichida ma’lumotlarni tez o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi.

  2. Axborot texnologiyalarga qo’yiladigan didaktik talablar.




  • Tayanch iboralar: Axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuter, proektor, multimedia vositalari, skaner

Bundan 3500 yil oldin Konfusiy `Eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko`rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib etaman`, degan ekan. Ta`limda informasion hamda pedagogik texnologiyalarni qo`llaganda talaba eshitish, ko`rish, ko`rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladilar.Ta`lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkilashtirish uchun ma`lum bir shartsharoitlar mavjud. Birinchidan, axborot resurslari bo`lishi kerak.


Bularga,

  • Shaxsiy kompyuter

  • Proyektor

  • Multimedia vositalari

  • Skaner (murakkab sxemalar va chizmalarni, negativ plyonkadagi tasvirlarni komp yuterga utkazish uchun)

  • Raqamli fotoapparat

  • Video kamera (video konferinsiyalar o`tkazish uchun va yana boshqa maqsadlarda)

  • Printer, nusxa ko`chiruvchi qurilma (tarqatma materiallarni qog`ozga tushirish va ko`paytirish va yana boshqa maqsadlar uchun) va boshqa resurslar.

Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta`minotlar hisoblanadi. Ta`lim tizimda mult mediya elektron o`quv adabiyotlar, ma`ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, xar hil animasion dasturlar va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo`ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi.
Bu dasturlar juda ko`p bulib, misol uchun: Animasion roliklar yaratish uchun turli multimedia dasturidan foydalaniladi. Multmediali taqdimot ma`ruzalarini yartishda Power Point va Macromedia Authorware dasturidan foydalaniladi. Elektron o`quv adabiyotlarni yaratish davomida keng foydalaniladigan tahrirlovchi dasturlar xam mavjud bulib ularga misol uchun Adobe Photoshop dasturi orqali rasmlarni tahrirlash, sifatini oshirish uchun foydalaniladi.
AKT ni rivojlantirish uchun ishlatiladigan turli dasturiy ta`minotlar mavjud:
Microsoft Word Bu matnlarni qayta ishlash dasturiy ta`minoti. Unda o`qituvchilar tasvirlar va matnlar joylashtirilgan hujjatlar yaratishlari mumkin.
Microsoft Excel Bu yirik formatli jadval bo`lib, undan ma`lumotlarni jadval ko`rinishida taqdim etish uchun foylanish mumkin.
Microsoft Power Point– ushbu dastur yordamida yuqori darajali taqdimotni ishlab chiqish va slaydlarni namoyish qilish mumkin.
PhotoShop Adobe Photoshop yoki oddiygina Photoshop, grafiklarni tahrir qiluvchi dastur ( xuddi DPP-taqsimlangan parallel qayta ishlash, tahririy-nashriy dastur). Photoshop dasturida yuqori darajali tasvirlar yaratish imkoniyatlari mavjud.
Flash Macromedia multimedia dasturlarini yaratishda keng qo`llaniladigan usuldir. Odatda, Flash animasiyalar, reklamalar va veb-sahifaning turli qismlarini hamda videoni veb-sahifaga joylashtirish va Internet dasturlarini rivojlantirishda qo`llaniladi.
Movie Maker & Media Player qulay kameralar yordamida tabiat hodisalari, jumladan atrof-muhitni ifloslanishi va boshqalar rasmga olinadi, so`ngra Movie Maker da tahrir qilinadi. Media Player yordamida esa fil mni namoyish qilsa bo`ladi. Yuqorida keltirilgan Internet resursning bir qismi axborot va tasvirlarni yig`ishda ishlatilishi mumkin.
Kimyoni o`qitishda AKT
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) biznes, iqtisodiyot, sayohat, nashriyot, ta`limning asosiy sohalarida tubdan o`zgarishlarga olib keldi. AKT globallashuvga ta`sir etadigan, butun dunyoni yagona yaxlit qiladigan kuch va imkoniyatlarga ega.
IKTni o`quv jarayoniga integrasiyasi yangi imkoniyatlar yaratadi hamda o`qituvchilar oldida yangi vazifalar qo`yadi.
Biz bo`r va sinf taxtasidan foydalanish usulini proektorlar, yanada dinamik texnologiyalar, axborotni izlash va u bilan ishlash, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga alamashtirishimiz kerak.
Kimyo fan sifatida yuqori darajadagi abstrakt mazmunga ega. Kimyoda biz kimyoviy voqealarni “makro-darajada” kuzatamiz “mikro-darajada” talqin qilamiz va tushuntiramiz va keyin “ramziy darajada” (formula, tenglama, graf va b. asosida) taqdim etamiz.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling