O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet68/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, ko’ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo’yicha o’rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’quvchilarning mustaqil g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan ma’ruza mashg’ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashg’ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlil qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.

An’anaviy yondashuv, kompetentsiyaviy yondashuv

afzalligi

kamchiligi

afzalligi

kamchiligi













Xulosa:

Ikki qismli kundaliklar
Ikki qismli kundaliklar o’quvchilarga matn mazmunini o’z shaxsiy tajribasi bilan chambarchas bog’lash, o’zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish imkonini beradi. Ayniqsa, o’quvchilar qandaydir adabiyotlarni o’quv auditoriyasidan tashqari o’qib chiqish topshirig’ini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir.
Ikki qismli kundalik uchun o’quvchilar yozilmagan qog’ozning o’rtasidan tik chiziq o’tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Qog’ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularga eng ko’p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg’otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taajjubga solar. Yoxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg’otar. O’ng tomonida ular sharh berishlari kerak: ayni shu tsitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg’otdi? Shu munosabat bilan ularda qanday savol tug’ildi? Qisqasi, matnni o’qirkan, o’quvchilar vaqti-vaqti bilan to’xtashlari va o’zlarining qo’shaloq kundaliklarida shunday belgilar qo’yib borishlari kerak.
Quyida ana shunday ikki qismli kundalikka misol keltiramiz:

Uglerodning tabiatda tarqalishi




Uglerodning fizikaviy xossalari




Uglerodning kimyoviy xossalari







Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling