v)Virtual dars - ya`ni masofadan o’qitish.
Ta`lim metodlari quyidagi turlarga bo`inadi:
1. Aktiv metod. Bu metod talaba-yoshlarni dars jarayonida faollashuviga, ma’lum bir holat va voqelikka nisbatan fikrlashga-mulohaza yuritishga undaydi.
2. Passiv metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda o’rganilayotgan mavzu bo’yicha bir tomonlama tushuncha hosil bo’lishiga olib keladi.
3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o’qtuvchi va talabalarni birgalikdagi faol hatti-harakatlariga asoslanadi.
Ba`zi aktiv va interaktiv metodlar bilan tanishamiz
Evristik ta’lim metodi.
Evristik degan so’zning ma’nosi savol-javobga asosan “topaman” demakdir. Evristik metod bilan o’qitish maktablarda asosan XIX asr boshlaridan boshlab qo’llanila boshladi.
Mashg’ulotlar qiziqarli bo’lishi uchun, bu mashg’ulotlardagi har bir masala yoki topshiriq so’zma-so’z quruq yodlash uchun emas, balki ularning oliy faoliyatlarini ishga soladigan xarakteri bo’lishi kerak. Amerikalik olim D.Poya evristik ta’lim metodi to’g’risida shunday degan edi. Evristikani maqsadi yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir. U evristik metod mohiyatini quyidagidek izchillikda tuzilgan reja orqali amalga oshirishni tavsiya qiladi:
Bu rejani amalga oshirish jarayonida o’qituvchilar quyidagi savollarga javob topadilar:
Topshiriqda nima noma’lum?
Topshiriqda nimalar ma’lum?
Topshiriqning sharti nimalardan iborat?
Ilgari shunga o’xshagan topshiriqlar yechilganmi?
Agar shunga o’xshagan topshiriqlar yechilgan bo’lsa, undan foydalanib qo’yilayotgan topshiriqni yecha oladimi?
Albatta yuqoridagi reja sxema o’quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatlarini shakllantiradi, ammo bu reja-sxema o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantiruvchi birdan bir yo’l bo’la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |