O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq 7-sinf Oksidlar va kislotalar mavzulariga Zinama-zina, Kungaboqar, Venn diagrammasi metodlarini tadiq eting. Amaliy mashg‘ulot 5
8-9 ta to`gri javob “qoniqarli” baho 10-12 ta to`gri javob “yaxshi” baho 13-15 ta to`gri javob “a`lo” baho Talaba (yoki o’quvchi)lar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo’linadi. O`qituvchi o’quv predmeti mavzusidan kelib chiqib, o`rtaga bitta muammoni yoki asosiy muammodan kelib chiqib, har bir guruhga bittadan muammo tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga yoki umumiy bitta muammo yoki har bir guruhning muammolari yozilib doskaga yopishtiriladi (yetarli miqdorda qog`oz barglar oldindan tayyorlab qo`yilishi kerak). Ajratilgan vaqt ichida guruhdar birgalikda fikrlashib, umumiy yoki bir-birlarining muammolari bo`yicha fikr almashmoqchi bo’lsalar, fikrlarini bargga yozib, uni usha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo`yadilar va har bir guruhning «muammoli guli» vaqt o`tishi bilan o`sib boraveradi. O`qituvchi barcha guruhlar qatnashchilariga muammoning eng kulay yechish yullarini topishga doim yordam berib boradi. Bu uslubdan utilgan mavzuni tushuntirish, uni mustaxkamlash va takrorlash xamda talaba (yoki o’quvchi)lar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin. Uslub, talaba (yoki o’quvchi)larga muammolarni yechish, umumlashtirish, mustaqil fikrlash va fikrlarini erkin bayon qilishga o`rgatadi. Mustaqil bajarish uchun topshiriq 7-sinf Oksidlar va kislotalar mavzulariga Zinama-zina, Kungaboqar, Venn diagrammasi metodlarini tadiq eting. Amaliy mashg‘ulot 5 Mavzu: Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o’quvchilarning bilim va dunyoqarashini ta’lim – tarbiya jarayonida rivojlantirib borishga katta e’tibor beriladi: «O’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan, ta’lim olishni ta’minlaydi». Shuning uchun o’quv jarayonida rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish, islohotning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bilimlarni to’la qonli o’zlashtirishni ta’minlovchi va o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi o’qitishga rivojlantiruvchi o’qitish deyiladi. O’qitishning rivojlantiruvchi funktsiyasini amalga oshirish uchun har bir o’quvchining ongiga borib yetuvchi kimyoviy ta’lim mazmunini bayon qilishning alohida metodikasini ishlab chiqish zarur bo’ladi. Rivojlantiruvchi o’qitishning asosiy ta’limotlari quyidagilardir. 1. O’qitishni o’quvchilarning kuchi darajasida yuqori saviyada tashkil qilish; 2. O’quv materialini o’quvchilarga tushunarli darajada tezroq o’rganish; 3. Nazariy bilim hissalarini ko’paytirish. 4. Ta’limni ongli o’zlashtirilishini amalga oshirish. O’quvchilarni fikrlash qobiliyatining rivojlanishi ularning ta’lim jarayonidagi faolligi va dars jarayonini faol olib borish natijasida yuzaga keladi. Rivojlantiruvchi o’qitishning psixologik sharoitlari quyidagalardan iborat: 1) Kimyoviy bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishda bilimlarni ongli o’zlashtirilishini ta’minlovchi o’qitish metodlaridan foydalanish. 2) Intellektual ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantishda modda xossalarni solishtirish, analiz va sintez qilish yordamida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish. 3) Masalalar yechish orqali mantiqiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish 4) Asosiylarini ajratish va umumlashtirish ko’nikmasiga ega bo’lishi. Ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida kimyo ta’limini amalga oshirilishi o’quvchilarni rivojlantiruvchi vosita ekanligi. Axborot va innovatsion texnologiyalarni kimyo fanlarining muhim mavzulariga tadbiq etib, o’qitishning dars samaradorligiga ta’sirini o’rganishga oid keyingi o’tkazilgan ilmiy pedagogik tadqiqotlar; nafaqat o’quvchilar tomonidan bilimlarni egallashning muhim omili ekanligi, balki o’quvchilarni rivojlantiruvchi ta’limda ham muhim vositaga aylanib borayotganligini ko’rsatmoqda. O’quvchilarni rivojlanishida kimyoviy tajribalarni ular tomonidan mustaqil bajarilishi, masalalar yechish ko’nikma va malakalarini hosil qilinishi, anorganik va organik moddalar sinflari orasidagi genetik bog’lanishlar va umumlashtirishlarni talab darajada o’qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlantiruvchi o’qitishni amalga oshirish uchun o’quvchilarni mustaqil ta’limini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Lekin an’anaviy o’qitish metodlari bilan o’quvchilarni mustaqil ta’limini amalga oshirish, televideniya va kompyuter orqali nihoyatda ko’p o’quv ilmiy axborotlarni o’quvchilarning o’rganishlari mumkin bo’lgan hozirgi davrda qiyin muammoga aylanib qoldi. Keyingi vaqtlarda innovatsion va axborot texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni amalga oshirishga oid ilmiy metodik tadqiqotlar va ta’limni amalga oshirish tajribalari, bu muommoni hal qilish mumkinligini ko’rsatmoqda. Masalan innovatsion texnologiyaning «Aqliy hujum», «Pinbord», «Klaster», «Loyihalash», Baliq skeleti, Venn diagrammasi metodilari asosida, o’quvchilarning mustaqil ta’limini amalga oshirishini mumkin. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling