O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet77/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Savol va topshiriqlar

  1. Rivojlantiruvchi o`qitishning asosiy ta`limotlarini ayting

  2. O`qitishning qaysi usullari o`quvchilar ongini rivojlantira oladi?

  3. Innovatsion texnologiyalarning rivojlantiruvchi vosita ekanligini misollar yordamida tushuntiring

  4. O`rgangan usullarni 8-sinf kimyo mavzulariga tadbig`ini ishlab chiqing



Amaliy mashg‘ulot 6
Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda o’yin texnologiyalari.
O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning barcha ko’rinishlari: bilim, ko’nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo’naltirilgan shartli o’quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo’naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri
O’yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko’nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish talaba (o’quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi.
Ishbilarmonlik o’yinlari – ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, to’g’ri, oqilona uyushtirishga doir ko’nikma, malaka hamda sifatlarni o’zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan o’yinlar. Bu turdagi o’yinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yo’nalishida zarur BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihatdan ishbilarmonlik o’yinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy faoliyatining modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o’yini talabalarda kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
Ishbilarmonlar o’yini” metodi - berilgan topshiriqlarga ko’ra yoki o’yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.
O’yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan o’yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko’ra ishtirokchilar o’z faoliyatlarini o’zgartirish imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Ishbilarmolar o’yinida rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bo’ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy belgilangan va o’yin davomida o’zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida o’z maqsadlarini belgilaydilar. Ishbilarmolar o’yinida har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi kerak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli harakterga ega. Har bir ishtirokchi avval o’zining vazifasi bo’yicha qaror qabul qiladi, so’ngra guruh bilan maslahatlashadi. O’yin yakunida har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. Quyida “Ishbilarmonlar o’yini” metodining tuzilmasi keltirilgan.

Ishbilarmonlar o’yini” metodining tuzilmasi


Ishbilarmonlar o’yini” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. O`qituvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. Qatnashchilar uchun yo’riqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi.

  2. O`quvchilarni o’yinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

  3. O`quvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.

  4. O`quvchilar o’z rollari bo’yicha tayyorgarlik ko’radilar.

  5. O`quvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan o’yinni amalga oshiradilar. Ta’lim beruvchi o’yin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.

  6. O’yin yakunida o`qituvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.

  7. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi.

Har bir rolni ijro etuvchi o’z vazifasini to’g’ri bajarishi, berilgan vaziyatda o’zini qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib ketish qobiliyatini ko’rsata olishi kerak.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling