O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
T-jadvali Afzallik tomonlari
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq. 9-sinf mavzularidan biriga muammo texnologiyasini qo`llab o`quvchilar uchun topshiriq tayyorlang Amaliy mashg‘ulot 10 Mavzu
Mustaqil bajarish uchun topshiriq. 9-sinf mavzularidan biriga muammo texnologiyasini qo`llab o`quvchilar uchun topshiriq tayyorlang Amaliy mashg‘ulot 10 Mavzu: Kimyo fanini tabaqalashtirilgan o’qitish. Differentsial ta’lim. Rivojlangan mamlakatlarda ommaviy o’rta maktablarning yaratilishi ta’lim-tarbiya differentsiyasi muammosini yanada keskinlashtirdi. Bunday holat umumiy ta’lim diversifikatsiyasining sifat darajasi boshqacha tizim zaruratini keltirib chiqardi. O’quvchilarning iqtidori, qiziqishi, o’zlashtirishiga ko’ra differentsial tayyorgarlikni kuchaytirish va murakkablashtirish - zamonaviy maktabning global yo’nalishiga aylandi. Tabaqalashtirib o’qitish o’quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida umumiy didaktika prinsiplariga asoslangan bo’lib, maxsus tashkil ettirilgan tahsil oluvchilarning gomogen guruhlarida, o’quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta’minlaydi O’qitishni tabaqalashtirish – uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda o’qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir. O’qitishning eng yuqori oliy pog`onasi individual o’qitish hisoblanadi Oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida gomogen guruhlar, tahsil oluvchilarning individual-psixologik xususiyatlari, avvalo aqliy rivojlanish darajasi asosida tuziladi. Umumta’lim maktablarida, akademik listeylarda va kasb-hunar kollejlarida tahsil oluvchilarning aqliy rivojlanish darajasi bo’yicha tabaqalashning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham mavjud bo’ladi. Oliy maktab uchun esa bu o’qitish tizimiga hech qanday shak-shubha yo’q. Hozirgi paytda oliy o’quv yurtlariga kiruvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajasi 100 % dan 25 % gacha tashkil etadi. Bunday sharoitda davlat ta’lim standartlari talabiga mos oliy malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o’qitishni tabaqalashtirish davr taqozosidir. Tabaqalashtirilgan ta’limning maqsadi: o’quvchilarning individual xususiyatlarini, ya’ni iqtidori va qobiliyatini hisobga olib o’quv jarayonini tashkil qilish. Tabaqalashtirilgan ta’limning vazifalari: o’quvchining o’ziga xosligi (individualligini) ko’rish, o’z kuchiga ishonishga yordam berish. Tabaqalashtirilgan ta’lim o’qituvchilardan o’quvchilarning individual qobiliyatlari va o’qish imkoniyatlarini (diqqat, fikrlash, xotira va boshqalarning rivojlanish darajasi), aniq fanlar bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalar darajasini tashkillashtirishni o’rganishni talab qiladi, bu esa korrektsion samaraga erishish maqsadida kelgusi individuallashtirishni amalga oshirish imkonini beradi. Tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshira turib, o’qituvchi quyidagi talablarga amal qilishi kerak: - o’quvchilar uchun yaxshi muhitni yaratish; - o’quvchilar o’zidagi imkoniyati va qobiliyatiga ko’ra o’qishi, undan nima kutilayotgani haqida tasavvurga ega bo’lishi, o’quv jarayonida motivatsiya bo’lishi uchun o’quvchilar bilan yaqindan muloqotda bo’lishi kerak; - turli darajadagi ta’lim oluvchilarga ularnnig imkoniyatlariga mos dasturlarni egallashlari taklif etiladi. Turli bosqichli ta’lim uchun o’qituvchilar quyidagilardan foydalanadilar: - topshiriq bilan birga ozgina yordam elementlari mavjud bo’lgan ma’lumot-kartochkalar; - ko’ngilli bajarish uchun muqobil topshiriqlar; - o’quvchilar tomonidan mazmuni yoritilgan topshiriqlar; - faoliyatning ratsional usullarini egallashga yordam beruvchi topshiriqlar. Ta’limning turli bosqichli differentsiyasi o’quv jarayonining turli bosqichlarida keng qo’llanadi: yangi materialni o’rganish, differentsiyalangan uy vazifasi, darsda bilimlar o’lchovi, o’tilgan mavzuni egallaganlikni joriy tekshirish, mustaqil va nazorat ishlar, xatolar ustida ishlash, mustahkamlash darslari. Quyida kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan tabaqalashtirilgan ta’lim usullari (uy vazifasini so’rash, gapirib berish va baholash)ni ko’rib o’tamiz. O’quvchilardan uy vazifasini so’rash usullari. Ko’pincha darslarda uy vazifasi so’ralganda o’quvchilar bilimidagi kamchiliklar qidiriladi. Aslida yutuq, bilim, malakalari aniqlanishi kerak, zero uy vazifasi so’ralganda asosiy vazifa o’rgatish, yordam berish va qo’llab-quvvatlashdir. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling