O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-usul. O’zaro so’rov.
- 3-usul. Sokin so’rov.
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq. O`quvchilarga uy vazifasini berish usullarini ishlab chiqing. Amaliy mashg‘ulot 11 Mavzu
- Bahs-munozara” metodi
- Bahs-munozara” metodining tuzilmasi
1-usul. Birdamlikdagi so’rov. Doskaga chiqqan o’quvchi uy vazifasi topshirig’ini bajara olmaydi.
Guruh jamoasiga murojaat qilib bu topshiriqni kim bajaradi, deb so’raladi-yu, xohlovchilar ichidan javob beruvchi bilan yaxshi munosabatda bo’lgan o’quvchi tanlanadi va o’rtog’iga shivirlab mavzuni tushuntirishga yordam berish so’raladi. Aynan shunday, lekin biroz o’zgartirilgan variant: doskaga chiqqan o’quvchiga mavzu, muammo topshiriq beriladi, o’zi guruhdan yordam berish mumkin bo’lgan o’quvchini tanlaydi, kerakli qo’llanmalar, daftar va darsliklarni olib, oxirgi stolga o’tirib, 15 daqiqa tayyorlanadi, shundan keyin o’z trenerlari ishtirokida o’qituvchiga vazifalarni topshiradi. 2-usul. O’zaro so’rov. Guruhdan 3ta o’quvchi ―“5”, “4”, “3” bahoga da’vogar o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazish uchun uch qator bo’lib o’tiradi. “3” bahoga javob bergan o’quvchi ―”4” bahoga harakat qilish uchun keyingi qatorga o’tadi. 3-usul. Sokin so’rov. O’qituvchi o’quvchilarga umumiy vazifa beradi. O’zi esa bir yoki bir necha o’quvchidan past ovozda suhbat-so’rov o’tkazadi. 4-usul. Ideal topshiriq. O’qituvchi aniq uy vazifasini bermaydi, lekin o’quvchilar o’tilgan mavzuga oid o’zlari topshiriq tuzadilar va bajaradilar. Mustaqil bajarish uchun topshiriq. O`quvchilarga uy vazifasini berish usullarini ishlab chiqing. Amaliy mashg‘ulot 11 Mavzu: Tanqidiy fikrlash texnologiyasi «Bumerang» texnologiyasi Bu texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali. turli mazmunli) ega bo'lgan mavzulami o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Har bir mashg'ulot davomida talabalarning turli topshiriqlarni bajarishi. navbat bilan o'qituvchi yoki talaba, iqtisodchi yoki tadbirkor rolida bo'lishi, kerakli ballni to'plashiga imkoniyat yaratadi. «Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash va mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi hamda g'oya va fikrlarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Mazkur texnologiya tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni bo'lajak kimyogarlarda jamoa bilan ishlash mahorati. muomalalik, xushfe’llik. o'zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o'z faoliyatini samarali bo'lishiga qiziqish, o'zini xolis baholash kabilar. Tanqidiy fikrlash texnologiyasiga oid texnologiyalardan biri bilan tanishamiz. “Tanqid qilishini o`rganing” - tanqid ko`rinishlarining tasnifi, ularni ishlatish yo`llari bilan tanishtirish, tanqidni to`g`ri qabul qilish ko`nikmasi va tanqid qilish madaniyatini shakllantirishga yo`naltirilgan metoddir “Bahs-munozara” metodi - biror mavzu bo’yicha ta’lim oluvchilar bilan o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan o’qitish metodidir. Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo’llaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki ta’lim beruvchining o’zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo’ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak. “Bahs-munozara” metodini o’tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish; “o’ng qo’l” qoidasi (qo’lini ko’tarib, ruhsat olgandan so’ng so’zlash)ga rioya qilish; fikr-g’oyalarni tinglash madaniyati; bildirilgan fikr-g’oyalarning takrorlanmasligi; bir-birlariga o’zaro hurmat. Quyida “Bahs-munozara” metodini o’tkazish tuzilmasi berilgan. “Bahs-munozara” metodining tuzilmasi “Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: O`qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi. O`qituvchi o`quvchilarga muammo bo’yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi. O`qituvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g’oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun o`quvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o’z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi. O`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g’oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi. Tahlil natijasida qo’yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling