«Oltin kalitcha»
-
1.Na2O
|
5.HNO3
|
9.NH4Cl
|
2.Ba (OH)2
|
6.Ag2SO4
|
10.RbOH
|
3.KCl
|
7.HClO4
|
11.AlN
|
4.FeS
|
8.Li3P
|
12.CaH2
|
O`yin orqali o`quvchilar turli moddalarning formulasini, nomini va toifasini bilib oladilar. Bu o`yinni 7-sinfda “Oksidlar”, “Asoslar”, “Kislotalar”, “Tuzlar”, 9-sinfda “Alkanlar”, “Alkenlar”, “Alkinlar”, “Alkadiyen uglevodorodlari” mavzularini mustahkamlashda ham qo’llash mumkin.
“Sirli sandiqcha”: bu usuldan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya darslarida foydalaniladi. Bu usul o’quvchilarni kimyoviy asboblar va idishlarni nomlarini eslab qolishlariga yordam beradi. Ushbu usulni qo’llashda quyidagicha ko’rgazma yasaladi. Kattaroq qilib hamma tomoni qora rangli kub shaklida quticha yasaladi. Quticha usti ochiladigan va ichiga kimyoviy asbob yoki idish sig’adigan o’lchamda bo’lishi kerak. O’qituvchi bu usulni ochiq darslarda, kimyoviy kechalarda guruh sardorlari o’rtasida o’tkazsa, dars yanada qiziqarli o’tadi. O’qituvchi har bir guruhga alohida topishmoq tayyorlab keladi. Topishmoqning ma’nosi kimyoviy asboblar, idishlar yoki kimyoviy moddalarga tegishli bo’lishi kerak. Topishmoqning javobi esa quticha ichida bo’lishi kerak.
Masalan, o`qituvchi qutichaga kislorod molekulasi - O2 ning formulasi yozilgan kartochkani solib qo`yadi va o`quvchilarga quyidagi topishmoqni aytadi:
Tarqalgan joyi uning havo, qum, ham tuproqdir,
Suvda massa ulushi barchasidan ko`proqdir.
Barcha tirik mavjudot oladi undan nafas,
Tani o`rmon bor ekan, havoda hech tugamas. (O2)
Yoki vodorodga oid bo`lishi mumkin:
Uning o`zi gazsimon, juda yengil havodan
Makoni fazo osmon, rangsiz hidsiz begumon. (H2)
Shu tariqa boshqa element va moddalarga ta`rif berish orqali o`yinni davom ettirish mumkin.
O’qitish jarayonida didaktik o`yinlardan foydalanish o’quvchilarni bilim olishga undaydi, fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, ularda topqirlik, tezkorlik malakalarini, o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirish, o’z faoliyati natijalariga mas’ullik kabi qator tarbiyaviy sifatlarni shakllantirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |