Laboratoriya ishi 6
Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda didatik o’yin texnologiyasining konferensiya metodlaridan foydalanish.
Didaktik o’yinlar – o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o’quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o’yinlar o’quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o’yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo’riqishlarni kamaytiradi.
Konferentsiya mashg’ulotlari
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar ichida konferentsiya mashg’ulotlari muhim o’rin tutadi. Konferentsiya mashg’ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi. Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini o’tkazish tavsiya etiladi.
Ilmiy konferensiya-mashg'ulotini quyidagicha o'tkazish tavsiya etiladi:
I. О‘qituvchining kirish so'zi. Bunda o'qituvchi mashg'ulotning mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «O`zbek kimyogar olimlari» bilan tanishtiradi.
II. Ilmiy materiallarni tinglash. «O`zbek kimyogar olimlari» mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko'rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.
III. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «O`zbek kimyogar olimlari» va guruhdagi boshqa talabalar o'rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o'tkaziladi.
IV. Ilmiy konferensiya yakuni. O'qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g'oyalami ta’kidlab, darsni yakunlaydi.
V. Talabalarni baholash. Mashg'ulotda faol ishtirok etgan talabalar rag'batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Mashg'ulotni umumiy yakunlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |