O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli vaziyat” metodi
Amaliy ish 15
Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish. Muammoli ta’lim metodi Ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning intellektual imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish quyidagi umumiy omillarga bog’liq bo’ladi: O’rganilayotgan mavzu yuzasidan muammoli savollar tizimi tuzish; Qo’yilgan muammoli savollar tizimi asosida suhbat metodi orqali tushuntiriladigan mavzu materiallarini o’rgatish va uning tub mohiyatini ochib berish; Muammoli savol asosida izlanish xarakteridagi o’quv vazifalarini qo’yish. Yuqoridagi bosqichlar asosida o’quv materiali tushuntirilganda o’quvchilar o’zlari darrov tushunib yetmaydigan fakt va tushunchalarga duch keladilar. Natijada o’rganilayotgan mavzu materiali bilan o’quvchilar orasida muammoli vaziyat hosil bo’ladi. Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o’quvchilarning faol fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida o’quv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy g’oyasini belgilab beradi. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni muammoli ta’lim deyiladi. Muammoli ta’limda o’qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab tushunchalar mazmunini tushuntira borib, o’rganilayotgan mavzu materiali bilan o’quvchilar orasidagi muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga keltiriladi, o’quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada o’quvchilar bu faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar. “Muammoli vaziyat” metodi - o`quvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi o`quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo’yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, o`quvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi qo’llanilganda o`quvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar. Quyida “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi keltirilgan. Muammoli vaziyat tavsifini keltirish Guruhlarga bo’lish Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to’g’risida fikr yuritishi To’g’ri yechimlarni tanlash “Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 1. O`qituvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. O`qituvchi o`quvchilarga muammoni bayon qiladi. 2. O`qituvchi o`quvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi. 3. O`qituvchi o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. 4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o’rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. 5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to’g’risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. 6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar. 7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo’yicha taqdimot qiladilar va o’z variantlarini taklif etadilar. 8. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh o`qituvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo’llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. “Muammoli vaziyat” metodining afzalliklari: o`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi; o`quvchilar muammoning sabab, oqibat va yechimlarni topishni o’rganadilar; o`quvchilarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi; o`quvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o’rganadilar. “Muammoli vaziyat” metodining kamchiliklari: o`quvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi; qo’yilgan muammo o`quvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak; ko’p vaqt talab etiladi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling