O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet94/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

«Oltin kalitcha»

1.Na2O

5.HNO3

9.NH4Cl

2.Ba (OH)2

6.Ag2SO4

10.RbOH

3.KCl

7.HClO4

11.AlN

4.FeS

8.Li3P

12.CaH2

O`yin orqali o`quvchilar turli moddalarning formulasini, nomini va toifasini bilib oladilar. Bu o`yinni 7-sinfda “Oksidlar”, “Asoslar”, “Kislotalar”, “Tuzlar”, 9-sinfda “Alkanlar”, “Alkenlar”, “Alkinlar”, “Alkadiyen uglevodorodlari” mavzularini mustahkamlashda ham qo’llash mumkin.
Sirli sandiqcha”: bu usuldan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya darslarida foydalaniladi. Bu usul o’quvchilarni kimyoviy asboblar va idishlarni nomlarini eslab qolishlariga yordam beradi. Ushbu usulni qo’llashda quyidagicha ko’rgazma yasaladi. Kattaroq qilib hamma tomoni qora rangli kub shaklida quticha yasaladi. Quticha usti ochiladigan va ichiga kimyoviy asbob yoki idish sig’adigan o’lchamda bo’lishi kerak. O’qituvchi bu usulni ochiq darslarda, kimyoviy kechalarda guruh sardorlari o’rtasida o’tkazsa, dars yanada qiziqarli o’tadi. O’qituvchi har bir guruhga alohida topishmoq tayyorlab keladi. Topishmoqning ma’nosi kimyoviy asboblar, idishlar yoki kimyoviy moddalarga tegishli bo’lishi kerak. Topishmoqning javobi esa quticha ichida bo’lishi kerak.

Masalan, o`qituvchi qutichaga kislorod molekulasi - O2 ning formulasi yozilgan kartochkani solib qo`yadi va o`quvchilarga quyidagi topishmoqni aytadi:
Tarqalgan joyi uning havo, qum, ham tuproqdir,
Suvda massa ulushi barchasidan ko`proqdir.
Barcha tirik mavjudot oladi undan nafas,
Tani o`rmon bor ekan, havoda hech tugamas. (O2)
Yoki vodorodga oid bo`lishi mumkin:
Uning o`zi gazsimon, juda yengil havodan
Makoni fazo osmon, rangsiz hidsiz begumon. (H2)
Shu tariqa boshqa element va moddalarga ta`rif berish orqali o`yinni davom ettirish mumkin.
O’qitish jarayonida didaktik o`yinlardan foydalanish o’quvchilarni bilim olishga undaydi, fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, ularda topqirlik, tezkorlik malakalarini, o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirish, o’z faoliyati natijalariga mas’ullik kabi qator tarbiyaviy sifatlarni shakllantirish imkonini beradi.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling