O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet93/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Q A R O R Q I L A D I:
1. Kislotalar ishlab shiqarish zavodlaridan ajralib shiqadigan zaharli gazlarni qayta ishlash borasida alohida ish olib borilsin.
2. Atrof-muhit ekologiyasi himoya qilinsin.
3. Kislatolarning xossalari to`la o`rganilsin va amal qilinsin.
4. Kislotalarning ijodiy maqsadlarda ishlatish sohalari yaratilsin.
5. Kimyo sirlarini to`la o`rganib, kelajagi buyuk Davlat bo`lgan mustaqil O`zbekistonimizning buyuk oilasi ushun o`zlarining munosib xissalarini qo`shish vazifasi o`quvchilarga, uni o`rgatish va nazorat qilib borish vazifasi kimyo o`qituvchisiga yuklatilsin.
Hamma o`rnilariga o`tiradilar.
Quyida maktab kimyo kursida “Oltin kalitcha’’ va “Sirli sandiqcha” o`yinlarining tadbig`ini keltirib o`tmoqchimiz.
Oltin kalitcha”. Bu usuldan umumlashtiruvchi darslarda yoki o’tilgan 3-4 ta mavzuni mustahkamlash maqsadida qo’llash mumkin. Ushbu usulni qo’llashda quyidagicha ko’rgazma yasaladi. A-4 formatli qog’oz olinib, yuqorisiga“Oltin kalitcha” deb yozildi. Qog’ozning eniga qilib 4 ta, bo’yiga esa 3ta qator qilib to’g’ri to’rtburchak shaklida (5x10sm) qog’ozchalar qirqilib, yuqoriga ochiladigan “oyna” shaklida yopishtirib chiqiladi va ustiga 1-12gacha raqamlar yoziladi. “Oynachalar” tagiga, anorganik birikmalarning eng muhim sinflari bo’yicha moddalarning kimyoviy formulalari yashirin holda yoziladi.O’qituvchi qo’lida kalit shaklida qirqilgan 1-12 gacha raqamlar yozilgan qog’ozchalar bo’ladi. Keyin har bir guruh oldiga bittadan ko’rgazma berilib(guruhdagi o’quvchilar soni 4 tadan bo’lsin),quyidagi topshiriq beriladi:
1.O’qituvchi har bir guruh oldiga borib, qo’lidagi kalitchalardan bir o’quvchiga 3 ta raqam tanlashini aytadi, o’quvchi bu raqamlarni daftariga yozib olib kalitchalarni qaytarib beradi. Shu tarzda hamma guruh o’quvchilari 3 tadan raqam tanlab chiqadi. Bir guruh ichida 12 ta raqam tanlab bo’lingach, shu raqamlarga qarab o’quvchilar ko’rgazmadagi “oynachalar”ni ko’tarib, ko’ringan formulani nomlab berishi kerak. Qo’shimcha tarzda bu moddani qaysi sinfga mansubligini, ishlatilishini, molekulyar massasini yoki molekula atom sharlaridan foydalanib struktura formulasini yasab berishlarini so’rash mumkin.
2. Guruhlardagi har bir o’quvchi javobiga qarab 3 balldan baho qo’yiladi. Agar qo’shimcha savollarni ham bilsa 2 ball qo’shiladi. Bir guruh ko’rgazmasidagi kimyoviy formulalar boshqa guruhda takrorlanmasligi kerak.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling