O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet101/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Modulli ta ’lim texnologiyasi:

Yakka tartibda ishlashga
mo’ljallangan modul das-
turlari

Mustaqil ishlash metodi

Tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, dalillash, og’zaki bayon, o’z-o’zini nazorat qilish metodlari.

Ikki talaba hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlari turlari

Mustaqil ishlash metodi

Ko’rgazmali, tahlil, qiyoslash, umumlash-tirish, dalillash, og’zaki bayon, o’z-o’zini nazorat qilish metodlari.

Kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan modul dasturlari

Mustaqil ishlash metodi

Og’zaki bayon, ko’rgazmali, hamkorlikda ishlash, tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, dalillash, o’z-o’zini nazorat qilish metodlari.

Mustaqil bajarish uchun topshiriq.
Kimyo mavzulari bo`yicha individual, ikki talaba hamkorlikda ishlash, kichik guruhlar uchun mo`ljallangan topshiriq tayyorlang


Amaliy ish 21
Mavzu: Modulli dasturlarini tuzish.
Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra:

  • Talabalarning individual tarzda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari har bir talabaning iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • Ikkita talaba hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilganlardan tashqari, talabalarning bir-birini o‘qitish, o‘zaro hamkorlikda o‘quv topshiriqlarini bajarishi va muammolarni hal etishi, o‘zaro nazoratni amalga oshirishi;

  • Talabalarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda talabalar o‘rtasida muloqot, o‘quv bahsi va munozara, o‘zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud:
1. Musobaqa usuli.
O‘qituvchi talabalarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir modul yakunida savol-javob, o‘quv bahsi musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Guruhlar o‘rtasida g‘oliblar aniqlanadi. Guruh a`zolari o‘z faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.
2. Kichik konsul’tantlar usuli.
O‘qituvchi talabalarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir guruhga kichik konsul’tantlar tayinlanadi.Kichik konsulg‘tantlar guruh ishini boshqaradi, talabalarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi.Har bir modul yakunida savol-javob, o‘quv bahsi o‘tkaziladi. O‘zaro nazorat orqali talabalar baholanadi.
O‘qituvchi o‘quv materiallarini modullarga ajratadi va modul dasturini yaratadi. Har bir modulning xususiy didaktik maqsadi va o‘quv topshiriqlarini aniqlaydi. Mashg‘ulot yuzasidan nazorat test topshiriqlari va mustaqil ish topshiriqlarini tuzadi. Talabalarning mustaqil o‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. Modul dasturining didaktik maqsadi va o‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi. Talabalarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etadi.Muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi.
Modul dasturidan o‘rin olgan har bir modul yakunida o‘quv bahsi, savol-javob, munozara, aqliy hujum o‘tkazadi. Modul dasturini yakunlaydi.
Mashg‘ulot yuzasidan test topshiriqlari yordamida o‘qituvchi nazoratini amalga oshiradi. Erishilgan natijani tahlil qilib talabalarga erishilgan natijasiga muvofiq holda mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini tavsiya etadi. Talabalar modul dasturining didaktik maqsadi, modullar, modullarning xususiy didaktik maqsadlari, mashg‘ulot davomida bajariladigan o‘quv topshiriqlari, topshiriqlar yuzasidan ko‘rsatmalarni anglaydi. O‘z o‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. Mashg‘ulot matnini mustaqil o‘zlashtiradi, o‘quv topshiriqlarini sifatli bajaradi, savollarga javob topadi. Muammoli vaziyatlardan chiqishning optimal variantlarini taklif etadi. O‘quv bahsi, savol-javob, munozara va aqliy hujumda faol ishtirok etadi va h.q
Xulosa qilib aytganda, o‘qitish jarayonining samaradorligi o‘qituvchi tomonidan talabalarning bilish faoliyatini o‘qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish ko‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling