O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi


Download 4.85 Mb.
bet98/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi:

Komandada
o ’qitish
metodi



Mustaqil ishlash
metodi



Og’zaki bayon, hamkorlikda ishlash,
ko’rgazmali, tahlil, qiyoslash, umumlashtirish,
dalillash, o ’z-o’zini nazorat qilish metodlari.

«arra» yoki «zigzag»
metodi



Mustaqil ishlash
metodi

Og’zaki bayon, ko’rgazmali, hamkorlikda
ishlash, tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, o ’z-
o ’zini nazorat qilish metodlari.

Kichik guruhlarda
o ’qitish
metodi

Og’zaki bayon,
mustaqil ishlash
metodi

Ko’rgazmali, hamkorlikda ishlash, mantiqiy
o ’z-o’zini nazorat qilish metodlari.



Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi.
Masalan, kimyo fanidan 9-sinfda “Uglerod va uning birikmalari” mavzusini komandada o`qitishda sinf o`quvchilari ikkita komandaga bo`linadi. O`qituvchi ularga bir xilda quyidagicha topshiriq beradi:
Uglerodning tabiatda tarqalishi
Uglerod allotropiyasi
Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari
Uglerod oksidlari
Uglerodning tabiatda aylanishi
O`quvchilar birgalikda ushbu berilgan topshiriqqa hamkorlikda ishlagan holda kerakli ma`lumotlarni yozadilar va komanda ishini taqdimot qiladilar.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling