O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Kimyoni o`qitishda kichik guruhlarda ishlash


Download 4.85 Mb.
bet100/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Kimyoni o`qitishda kichik guruhlarda ishlash.
“Oksidlarning toifalanishi ” mavzusi o’tilgandan so’ng, o`quvchilarga oksidlar formulalari yozilgan kartochkalar doskaga ilinadi. O’quvchilar 4 guruhga bo’linib o’zlariga taalluqli formulalarni yozadilar va nomlaydilar.
Masalan: CuO, CO, CO2, Al2O3, Fe2O3, Na2O, BaO, BeO, SO3, PO, SiO, SiO2, ZnO, N2O, CrO3, MgO, K2O, SO2, NO, NO2
1-guruh: Asosli oksidlar- CuO, Na2O, BaO, MgO, K2O
2- guruh: Amfoter oksidlar- Al2O3, FeO3, BeO, ZnO, Cr2O3
3- guruh: Kislotali oksidlar- CO2, SO3, SiO2, SO2, NO2
4- guruh: Befarq oksidlar- CO, PO, SiO, N2O, NO
So`ngra guruhlar ishi taqdimot qilinadi. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
Kichik guruhlar baholanadi.
Bunday topshiriqni Asoslar, Kislotalar, tuzlar, Kimyoviy reaksiya turlari kabi mavzularga ham qo`llash mumkin.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq.
Yuqorida berilgan mavzular bo`yicha kichik guruhlar uchun topshiriq tayyorlang


Amaliy mashg‘ulot 20
Mavzu: Kimyo fanini o’qitishda modul ta’lim texnologiyasidan foydalanish.


Modulli o’qitish - o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
An’anaviy ta’limda o’quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo’naltirilgan bo’lsa, modulli o’qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan bo’ladi.
Modulli ta’limning asosiy mohiyati, talabalar modul dasturlari yordamida mustaqil ishlashiga asoslangan o‘quv-bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadilar.
Modul dasturlari mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, o`quvchilarning dars davomida bajaradigan o‘quv topshiriqlari, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar, modul dasturini yakunlash qismini o‘zida mujassamlashtiradi.


Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling