O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Masofaviy o`qitish uslublari va vositalari haqida
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishi 18 Маvzu: Kimyo fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalaridan foydalanish
- Rolli o’yin”
- Kislotalar sud zalida yoki kislotalar Oqlovchi va Qoralovchi nazarida .
Masofaviy o`qitish uslublari va vositalari haqida. Distant ta`limda o`qituvсhi va o`rganuvсhi hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiq. Ushbu dasturda masofadan o`qitishning quyidagi uslublaridan foydalaniladi.
Yuzma-yuz mashg`ulot; Bir-biriga telefon aloqalar; Poshta orqali xat uzatish; Elektron poshta orqali ma`lumot almashish. Yuzma-yuz muloqotga individual suhbat, seminarlar, ushrashuvlar misol bo`lishi mumkin. Masofaviy ta`limning dasturini amalga oshirishda turli vositalardan foydalaniladi: Yozma materiallar: an`anaviy uslubdagi bosma materiallar; Audio kassetalar. Video kassetalar. Kompyuter-multimediya. Masofaviy ta`lim sohasida shop etilgan materiallar o`z ahamiyatini yo`qotmaydi, shunki chop etilgan material boshqa turdagi vositalarni qo`llashdan arzon, o`rganuvсhi o`zi ushun qulay vaqtda o`qishi va uni baholashi mumkin. Masofaviy ta`lim dasturi asosida malakasini oshirayotgan o`rganuvchi audiokassetani olib hohlagan paytda, istagan joyda eshitib o`rganish imkoniyatiga ega, bunda kassetalar bosma yoki boshqa media materiallar bilan birga ishlatilishi kerak. Laboratoriya ishi 18 Маvzu: Kimyo fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalaridan foydalanish O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning barcha ko’rinishlari: bilim, ko’nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo’naltirilgan shartli o’quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo’naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri O’yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko’nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish talaba (o’quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi. Pedagogik jarayonda o’yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan: Stsenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan stsenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. O’qituvchilar o’yin stsenariylarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari, stsenariyni tayyorlash malakasiga ega bo’lishlari zarur. Pedagogik xarakterdagi o’yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat: - o’yin stsenariysini tayyorlash; - yo’riqnomalar tuzish; - auditoriyani o’yin mohiyatiga muvofiq jihozlash Pedagogik xarakterdagi o’yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat: - o’quv maqsadi; - o’yinning vazifasi; - o’rganiladigan muammo tafsiloti; - o’yin vaziyatining tafsiloti; - ishtirokchilarning tasnifi Ta’lim jarayonida o’yin texnologiyalari qo’llash quyidagilarga asoslanadi: - guruhni shakllantirish; - mashg’ulotlarning bosh maqsadini ifodalash; - muammoli vaziyatni vujudga keltirish; - rollarni taqsimlash, - o’yin reglamentini o’rnatish; - materiallar, yo’riqnomalar, qoidalar va ko’rsatmalar to’plamini tarqatish; - maslahat berish O’yin texnnologiyalarini qo’llashda rollar qur’a tashlash yo’li bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog’ozchalarda foydalanish mumkin. Rollarning talabalar o’rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo’lgan noroziliklarning oldini oladi. O’yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik ko’rsatish hamda o’yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. “Rolli o’yin” metodi - o`quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko’rsatib beruvchi metoddir. Rolli o’yinlarning ishbop o’yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Shu bilan birga “Rolli o’yin” metodida o`quvchilar o`qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan stsenariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa, “Ishbop o’yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o’zlari hal etadilar. Rolli o’yinda ham ishbop o’yin kabi muammoni yechish bo’yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo’lga qo’yilgan. Rolli o’yinlar o`quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi. “Rolli o’yin” metodida o`qituvchi o`quvchilar haqida oldindan ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Chunki rollarni o’ynashda har bir o`quvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular o`quvchilarning o’zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. Rolli o’yinlar o’quv jarayonida o`quvchilarda motivatsiyani shakllantirishga yordam beradi. Quyida “Rolli o’yin” metodining tuzilmasi keltirilgan. “Rolli o’yin” metodining tuzilmasi “Rolli o’yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 1. O`qituvchi mavzu bo’yicha o’yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o’yin stsenariysini ishlab chiqadi. 2. O’yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi. 3. O’yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi. 4. O`quvchilar o’z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni kuzatib turadilar. 5. O’yin yakunida o`quvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo’lgan o`quvchilar o’z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o’yinga xulosa qilinadi. Ushbu metodni qo’llash uchun stsenariy ta’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba’zi hollarda o`quvchilarni ham stsenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu o`quvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Stsenariy maxsus fan bo’yicha o’tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba’zi bir holatlarni yoritishi kerak. O`quvchilar ushbu rolli o’yin ko’rinishidan so’ng o’z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim. “Rolli o’yin” metodining afzallik tomonlari: o’quv jarayonida o`quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi; o`quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi; nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishni o’rgatadi; o`quvchilarda berilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi. “Rolli o’yin” metodining kamchilik tomonlari: ko’p vaqt talab etiladi; o`qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi; o`quvchilarning o’yinga tayyorgarligi turlicha bo’lishi mumkin; barcha o`quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin. Rolli o`yin metodiga Ekologik sud yoki Sud o`yinini misol qilishimiz mumkin. Masalan, Kislotalar sud zalida yoki kislotalar Oqlovchi va Qoralovchi nazarida. Bu o`yinimizda kislotalarning zararli va foydali tomonlari, ishlatish sohalari to`g`risida fikrlar yuritiladi. Magnit doskaga katta qilib yozilgan: Nitrat kislota, sulfid kislota, sulfat kislota formulasi ilib qo`yilgan. Sud hay`ati bilan tanishtiriladi. Qoralovchi: - Nitrat va sulfat kislotalar ishlab shiqarish zavodlari atrof muhit ekologiyasini buzmoqdalar. Tarkibida shiqayotgan azot (IV)-oksid, oltingugurt (IV)-oksidlar inson, hayvon va o`simlik hayotiga xavf solmoqdalar. Bu masala haqida qattiq o`ylab ko`rish zarur. Oqlovchi: - Fikringiz to`g`ri, ammo nitrat kislota qishloq xo`jaligimizda turli xil mineral o`g`itlar ishlab shiqarishda, tibbiyotda dori-darmonlar olishda, zar suvi tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Qoralovchi:-Sulfat kislota ishlab shiqarishdagi atrofga tarqatilayotgan oltingugurt (IV)-oksidi, uning zarari, sulfat kislataning o`yuvshanligi, hatto to`kilsa ona zaminni ham o`yib yuborishiga nima deysiz? Oqlovchi: - Sulfat kislota ishlab shiqarishdagi muammolar to`g`ri, ammo sulfat kislota turli xil dori-darmonlar, olish vositalari tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Eng ahamiyatlisi sulfat kislota harakatdagi transportlar akkumulyatorlarining joniku! Transportlar to`xtab qolishini ko`z oldingizga keltirib ko`ringshi! Qoralovchi: - Xlorid kislota o`tkir hidli, ushuvshan, o`yuvshan suyuqlik. U ham inson salomatligi ushun havfli hisoblanadi. O qlovchi: -Yo`q, bu fikringizga to`liq qo`shilmayman. Xlorid kislota dori-darmonlar tayyorlashda, zar suvi olishda ishlatiladi. Hatto inson me`dasi ushun xlorid kislota zarur-ku! Qoralovchi qoraladi, Oqlovchi oqladi. Nihoyat kislotalar oqlandi, shunki kislotalar taqdiri bizning qo`limizda. SUD HUKMI. - Turinglar sud kelyapti! (Hamma o`rnidan turadi) Qoralovchi va Oqlovchi fikrlarini o`rganib, yakuniy fikrlarini o`qib eshittiriladi. SUD: Tuman xalq sudi Qoralovchi va Oqlovchi fikrlarini va kislotalar xossalarini o`rganib Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling