O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Kimyodan o’rganilgan nazariy materiallaringiz asosida quyidagi mavzular bo’yicha taqdimot tayyorlang va uni namoyish qiling
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-guruh mavzusi.
- Amaliy ish 15 Mavzu
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq
Kimyodan o’rganilgan nazariy materiallaringiz asosida quyidagi mavzular bo’yicha taqdimot tayyorlang va uni namoyish qiling.
1-guruh mavzusi. Kimyoni fizika fani bilan bog’lab o’qitish imkoniyatlari. 2-guruh mavzusi.Kimyoni biologiya fani bilan bog’lab o’qitish imkoniyatlari. 3-guruh mavzusi. Kimyoni iqtisodiy bilim asoslari fani bilan bog’lab o’qitish imkoniyatlari. 4-guruh mavzusi. Kimyoni geografiya fani bilan bog’lab o’qitish imkoniyatlari. 5-guruh mavzusi. Kimyoni matematika fani bilan bog’lab o’qitish imkoniyatlari. Mustaqil bajarish uchun topshiriq Integratsiyalashgan dars loyihasini tuzing. Amaliy ish 14 Mavzu: Kimyo darslarida nazorat komp’yuter vositalardan foydalanish Test usuli yordamida o’quvchilarning kimyodan bilim va ko’nikmalarini tekshirish dasturlashtirilgan ta’lim metodining usullaridan biri hisoblanadi. Test usulining muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchilarning bilim darajasiga va dars mavzusining mazmuniga qarab testning har xil turlaridan foydalanishga va ularga doir topshiriqlarni izchil tuza bilishga bog’liq bo’ladi. Shuni qayd qilish kerakki, jami testning 40% ini o’rtacha o’qiydigan, 60% ini yaxshi o’qiydigan, 80% ini a’lochi va iqtidorli o’quvchilar, hammasini esa, faqat iqtidorli o’quvchilargina bajara oladigan bo’lishi lozim. Kimyo darslarida nazorat komp’yuter vositalardan MyTest va ISpring dasturlaridan foydalanish mumkin. Buhda turli nostandart test topshiriqlaridan foydalaniladi. Amaliy ish 15 Mavzu: Kimyoni fanini o’qitishda komp’yuter texnologiyalardan foydalanish Keyingi vaqtlarda ko’rgazmalilikning muhim vositalari bo’lgan ekran qo’llanmalari faol ishlatilmoqda. Ular quyidagi texnik vositalarni namoyish qilish uchun ishlatiladi: kinoapparat, diaproektor, epiproektor, grofoprektor, videomagnitafon, televizor va boshqalar. Texnik vositalari o’z-o’zicha o’qitish xossalariga ega bo’lmaydi, lekin ularsiz ekran qo’llanmalarini ishlatib bo’lmaydi. Ekran qo’llanmalari bilan jarayonlarni tasvirlarini ko’rishlari natijasida o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirilishi oshadi. Mustaqillik yillarida o’quv darslari kompyuterlar bilan ta’minlanganligi uchun o’qitishda kompyuter darslaridan foydalanish dars unumdorligining oshishida muhim vositaga aylanmoqda. Kompyuterli texnologiyalar dasturli o'qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalaming noyob imkoniyatlari bilan bog‘liq ta’limning hali tadqiq qilirunagan yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari — bu axborotni tayyorlash va uni ta ’lim oluvchiga uzatish jarayoni bo'lib. uning amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya’ni: - o'quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish; - «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash; - ta’lim oluvchilaming o‘zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli miqdorda axborot bilan ta’minlash; - o‘quvchi-talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish. Kompyuterli texnologiyaning mazmuni bir qancha shakllantirilgan modelni qo'llashga asoslangan bo'lib, bu model kompyuter xotirasiga yozib qo'yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikatsiya tarmog‘ining imkoniyatlari orqali namoyon bo'ladi. Bugungi kunda har bir OTMda tashkil etilayotgan o’qitish jarayonida kompyuter, skaner, videoko’z, videokamera, proektor, elektron doska, modem, telefon, internet, multimedia, mikrofon, karnay (kolonka), vebkamera, CD-ROM kabi texnik vositalar, ma’lumotlar ombori (bazasi) va vebinar texnologiyalar kabi innovatsion xarakterga ega vositalar samarali qo’llanilmoqda. Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilishda “assesment” texnkasidan keng qo’llanilmoqda. “Assesment” texnologiyasi (ingl. “essesment” – “baho”, “baholash”) –talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to’plami Mazkur texnologiya shaxsning kasbiy tayyorgarligi, mutaxassis sifatida shakllanganlik darajasi hamda kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligini aniqlash, baholashga xizmat qiladi. Ushbu metoddan darsning kirish, asosiy yoki yakuniy qismida ya’ni, uyga vazifa berish jarayonida qo’llash mumkin. Darsning kirish qismida talabalarning uyga vazifalarini qay darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki mavzuni umumlashtirish jarayonida egallangan bilim, ko’nikmalarni aniqlashda foydalanish mumkin. “Assesment” metodini dars jarayoniga tatbiq etish muayyan texnologiyaga asoslanadi. O’qituvchi tomonidan talabalarga jadval ko’rinishdagi vazifalarni qisqa vaqt ichida bajarishlarni topshiriq sifatida beriladi. Topshiriq bajarilganidan so’ng, javoblar o’qituvchi tomonidan e’lon qilinadi talabalar esa aynan javob ko’ra o’z-o’zini tekshirishni amalga oshiradi hamda oldindan e’lon qilingan mezonlar asosida baholaydi. Bunda talabalar mavzu mazmunini qay darajada o’zlashtirganligi bo’yicha o’z-o’zini tekshirish va baholash orqali xulosa chiqaradi. Assisment texnologiyasi orqali talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari kamida to’rtta topshiriq bo’yicha baholanadi. Masalan, (5 balli baho misolida):
Mustaqil bajarish uchun topshiriq Assisment metodini qo`llgan holda tarqatma material tayyorlang Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling