O`yinlarning kimyoni o`qitishga tadbig`i
Dars davomida fanga aloqador bo`lgan turli xil o`yinlarni o`tkazish dars samaradorligini yanada oshiradi.
Aziz talaba, ushbu o`yinlarni o`quvchilarni sharshaganligini his qilgan vaqtlarda o`tkazilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda o`quvchilar tetiklashadi, fikrlari bir nuqtaga jamlanadi.
Masalan: Siz «Elementlar» mavzusini o`tayotgan bo`lsangiz she`riy topishmoqlardan, shaynvordlardan foydalanishingiz mumkin. Bir mavzu bo`yisha yoki bir bo`lim bo`yisha tuzilgan kimyoviy krossvordlarni qo`llash ham samarali natija beradi.
Sizga taqdim etilayotgan uslubiy ko`rsatmada noan`anaviy dars usullaridan bir neshtasi keltirilgan. Umid qilamizki, Siz ushbu dars jarayonlarini diqqat bilan kuzatib o`zingizda jamlangan dars o`tish bo`yisha nazariy bilimingizi amalda mustahkamlab olasiz.
Musobaqa usuli.
Bu usulda foydalanganda yaxshi natijalarga erishiladi, o`qituvchi va o`quvchilarni vaqtdan tejashga imkon beradi. Bundan kim shaqqonroq faol fikrlab olishi kuzatiladi. O`quvchilarni guruhlarga bo`lib, o`quvchilardan yordamshilardan olib, musobaqa darsi boshlanadi: 1 guruh - Beruniy 2 guruh - Ibn Sino
Avvaldan topshiriqlar yozilgan kodoskop lentasini ekranga tushiriladi. O`quvchilar musiqa ostida formulalarini tuza boshlaydilar.
1 guruh
1.Temir (III)-oksid
2.Oltingugurt (VI)-oksid
3.Ortofosfat kislota
4.Azot(V)-oksid
5.Mis(II)-sulfat
|
II guruh
1.Temir (III)-oksid
2.Fosfat angidrid
3.Sulfat kislota
4.Mis (I)-oksid
5.Alyuminiy oksid
|
O`quvсhilar topshiriqni barshasini mustaqil bajaradilar. Har bir guruhdan bittadan o`quvchini shiqarib, qora taxtada oksidlarga misollar yozdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |