O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet69/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Amaliy mashg‘ulot 3
Mavzu: Pedagogik texnologiyalarning turlari. Kimyoni o‘qitishda “Klaster” dan foydalanish yo‘llarini bilish, qo‘llash darajasini aniqlash


Pedagogik texnologiya - bu o`qituvchining turli vositalari yordamida o`quvchiga muayyan sharoitda va ma`lum ketma-ketlikda ta`sir etish va aks ta`sir mahsuli sifatida ularda oldindan berilgan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik texnologiya deyilganda - ta`lim-tarbiya jarayonining tizimga solingan, ilmiy-uslubiy asoslangan, eng ilg`or vosita, usul va mazmun uyg`unligi asosida maqsad, vazifa va pedagogik faoliyat natijasining yaxlitligi nazarda tutiladi.
Beriladigan ta`rifning har xilligidan qat`iy nazar, pedagogik texnologiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
a) pedagogik texnologiya oldindan loyihalanadi;
b) tayyor loyihani amaliyotga tadbiq etishda o`qituvchidan katta mehnat talab qilinmaydi;
v) yakuniy natijalarni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiya qanday qilib, qanday usullar bilan o`qitilsa, natija yaxshi bo`ladi - degan savolga javob beradi. Pedagogik texnologiya tushunchasi barcha boshqariluvchi tashkiliy qismlar va ularning bog`liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash va nazorat qilish yo`li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko`tarishni ifodalaydi.

O`quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning tog`ri joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o`quvchidan ko`proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
«Klaster» metodidan foydalanish tavsifi:
1-bosqich. Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog’ozga yozing. Fikringizni sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g’oya tug’ilgunga qadar davom ettiring.
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qiling. G’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang.
O`quv jarayoniga "Klaster" metodini joriy qilish.
Kompleks birikmalarning har bir mavzularini o`qitishda undagi tushuncha va bilimlarni bayon qilingandan sung darsni mustahkamlash uchun innovatsion texnologiyaning "Klaster" metodi amalga oshirish mumkin. Masalan, A.Vernerning kompleks birikmalarning tuzilishga oid koordinatsion nazariyasini tushuntirgandan so`ng, mavzu bilimlarini mustahkamlash uchun guruhdagi hamma o`quvchilarga "Klaster" tuzish topshiriladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, doska yoki oq qogozning o`rta qismiga mavzuga oid tayanch tushuncha yoki kompleks birikmaning nomi yozilib, o`quvchilarga beriladi. Unga boglanadigan tushuncha yoki bilimlar tarmoqlarga bo`lib chiqiladi. "Klaster" tuzishga misol keltiramiz.
Darsni mustaxkamlash jarayonida o`quvchilar tomonidan tuzilgan klasterlar yig`ishtirib olinadi va baholanadi. Bu usulni kompleks birikmalarning hamma mavzularini o`qitishda qo`llash mumkin.





Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling