O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet56/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

2-usul. O’zaro so’rov. Guruhdan 3ta o’quvchi ―“5”, “4”, “3” bahoga da’vogar o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazish uchun uch qator bo’lib o’tiradi. “3” bahoga javob bergan o’quvchi ―”4” bahoga harakat qilish uchun keyingi qatorga o’tadi.
3-usul. Sokin so’rov. O’qituvchi o’quvchilarga umumiy vazifa beradi. O’zi esa bir yoki bir necha o’quvchidan past ovozda suhbat-so’rov o’tkazadi.
4-usul. Ideal topshiriq. O’qituvchi aniq uy vazifasini bermaydi, lekin o’quvchilar o’tilgan mavzuga oid o’zlari topshiriq tuzadilar va bajaradilar.
Uy vazifasini berish usullari.
Juda ko’p hajm va qiyinlikdagi uy vazifasini berish bu o’zini oqlamaydigan usuldir. Uy vazifasini berishda bilimlarni mustahkamlash uchun maksimal foyda keltiradigan usullardan foydalanish lozim bo’ladi:
1-usul. Uy vazifasining uch bosqichi. Bu usulda o’qituvchi bir vaqtning o’zida uch bosqichda uy vazifasini beradi. Birinchi bosqich-majburiy minimum. Bu vazifaning xususiyati-barcha o’quvchilarga tushunarliligi va bajara olishida.
Ikkinchi bosqich-mashq vazifalari. Bu vazifalarni fanni yaxshi bilishni istaydigan va dasturni qiyinchiliksiz o’zlashtiradigan o’quvchilar bajaradilar. Bu o’quvchilar 1-bosqichdagi vazifalarni bajarishdan ozod bo’ladilar.
Uchinchi bosqich - darsning mavzusi, sinfning tayyorgarligiga ko’ra o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi. Bu-ijodiy topshiriq. Bu vazifa ixtiyoriy bajariladi, o’qituvchi tomonidan yuqori baho va olqishlar bilan rag’batlantiriladi.
Ijodiy topshiriqlar qo’lami juda ham keng bo’lish mumkin:
- o’quv materiallari bo’yicha hikoyalar, esselar;
- chaynvordlar, krossvordlar, skanvordlar, filvordlar;
- o’quv komikslari;
- plakatlarda tayanch chizmalar;
- formulalar va h.
2-usul. Katta hajmli vazifa. O’quvchilarga keraklicha uzoq muddat ichida katta hajmli vazifa beriladi. Masalan, o’quvchilar 30 ta vazifadan 10 tasini bajarishi kerak. O’quvchining vazifani mustaqil tanlashi o’z-o’zini realizatsiya qilish imkonini berish bilan birga muhim psixologik samara ham beradi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling