O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet53/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

«Bumerang» texnologiyasi
Bu texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali. turli mazmunli) ega bo'lgan mavzulami o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Har bir mashg'ulot davomida o`quvchilarning turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o'qituvchi yoki o`quvchi, iqtisodchi yoki tadbirkor rolida bo'lishi, kerakli ballni to'plashiga imkoniyat yaratadi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash va mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi hamda g'oya, fikrlarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur texnologiya tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni bo'lajak kimyogarlarda jamoa bilan ishlash mahorati, muomalalik, xushfe’llik, o'zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o'z faoliyatini samarali bo'lishiga qiziqish, o'zini xolis baholash kabilar.
«Veer» (yelpig'ich) texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzulami o'rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha axborot beriladi va ularning har biri alohida muhokama etiladi. «Veer» texnologiyasi tanqidiy, tahliliy, aniq, mantiqiy fikrlarni rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari va fikrlarini yozma yoki og'zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu texnologiya mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:
- boshida o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
- mavzuni o'rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
- yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish.
Skarabey texnologiyasi
Skarabey uslubi interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi.
“Tanqid qilishini o`rganing” - tanqid ko`rinishlarining tasnifi, ularni ishlatish yo`llari bilan tanishtirish, tanqidni to`g`ri qabul qilish ko`nikmasi va tanqid qilish madaniyatini shakllantirishga yo`naltirilgan metoddir
Ta'lim samaradorligini oshirishda «Blits-o'yin», «Chorraha», «Muomala texnologiyasi» kabi ish o'yinlaridan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Agar men ... bo'lsam», «Men shunday qilgan bo'lar edim» kabilar.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling