O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/46
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#243483
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

4-MA’RUZA 

 

SIGNAL O’ZGARTKICHLAR VA IKKILAMCHI ASBOBLAR. 

TEXNOLOGIK O’LCHOVLARDA RAQAMLI XISOBLASH TEXNIKASI 

VOSITALARINING QO’LLANILISHI   

 

O’quv moduli birliklari:  

1.  Umumiy  ma’lumotlar.  2.  Elektr,  pnevmatik,  elektropnevmatik  va 

pnevmoelektrik  uzgartkichlar.  3.  Telemetrik  sistema  va  ikkilamchi  asboblar.  4. 

O’lchov vositalarini tanlash. 

 

Har  qanday  o‘lchash  qurilmasida  o‘lchash  axborotini  o‘zgartirish  zarurligi 

nazarda  tutiladi.  Bu  ishni  bajaradigan  elementlar  o‘lchash  o‘zgartkichlari  deyiladi. 

Kirishiga  o‘lchanayotgan  fizik  kattalik  keladigan  o‘zgartkich  birlamchi  va  o‘lchash 

signallarini o‘zgartirishni amalga oshiradiganlari oraliq o‘zgartkich deb yuritiladi. 

Texnologik  parametrlarni  o‘lchash  uchun  qurilgan  ko‘pgina  zamonaviy 

qurilmalar  birlamchi  o‘zgartkich,  ikkilamchi  asbob  va  ularni  ulovchi  aloqa 

yo‘llaridan tashkil topgan tizimlardan iborat. 

Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan 

muhit ta’sirida bo‘ladi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan 

(elektrik,  pnevmatik,  gidravlik)  aloqa  yo‘llari  bo‘yicha  boshqarish  shchitiga 

o‘rnatilgan  ikkilamchi  asbobga  uzatish  uchun  qulay  bo‘lgan  signalga  o‘zgartirishga 

mo‘ljallangan. 

Umumiy  ko‘rinishda  birlamchi  o‘zgartkich  sezgir  elementdan  va  uzatuvchi 

o‘lchash  o‘zgartkichidan  iborat  bo‘ladi.  Sezgir  element  o‘lchanayotgan  parametrni 

qabul  qiladi  va  uni  boshqa  fizik  tabiatli  signalga  o‘zgartiradi.  Agar  bu  signal 

masofaga  uzatishga  qulay  bo‘lsa,  unda  u  aloqa  yo‘li  bo‘yicha  ikkilamchi  asbobga 

uzatiladi va u bilan o‘lchanadi. 

Agar  sezgir  element  o‘lchanayotgan  kattalikni  masofaga  uzatish  mumkin 

bo‘lmaydigan  fizik  kattalikka,  masalan,  siljish  yoki  kuchga  o‘zgartirsa,  unda  oraliq 

o‘zgartkichni  qo‘llash  zarurati  tug‘iladi.  Bu  o‘zgartkich  kattalikni  (siljish  yoki 

kuchni)  elektr  yoki  pnevmatik  signalga  o‘zgartiradi,  keyin  bu  signal  aloqa  yo‘li 

buyicha  ikkilamchi  asbobga  uzatiladi.  Misol  sifatda  8.1-rasmda  bosim  o‘lchash 

tizimining  sxemasi  keltirilgan.R  bosim  o‘zgarganda 

membrana  1  (sezgir  element)  egiladi,  bunda  uning 

markazining siljishi X statik tavsif X=f(p) ga mos ravishda 

bosim  bilan  bir  qiymatli  bog‘langan  bo‘ladi.  Agar  bunday 

asbob  faqat  ko‘rsatuvchigina  bo‘lsa  edi,  unda  bosimni 

aniqlash  uchun  strelkani  membrana  markazi  bilan 

kinematik  aloqa  yordamida  ulash  etarli  bo‘lardi.  Bosimni 




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling