O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


 – rasm. Kalorimetrik sarf  o‘lchagich sxemasi


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/46
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#243483
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Bog'liq
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

4.10 – rasm. Kalorimetrik sarf 

o‘lchagich sxemasi 


 

23 


va  savdo-hisob  operatsiyalarini  avtomatlashtirishda  keng  qo‘llaniladi.  Bunday 

o‘lchash  vositalariga  dozatorlar,  tarozilar  va  turli  xil  tenzorezistorli  o‘zgartkichlar 

kiradi. 

Tarozi  –  qattiq,  sochiluvchan  yoki  suyuq  moddalarning  massasini  o‘lchash 

uchun  mo‘ljallangan  o‘lchash  vositasidir.  Tarozilar,  odatda,  tortish  prinsipiga, 

muvozanatlovchi  momentni  vujudga  keltirish  uslubi,  qo‘llanish  sohasi, 

avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va hokazolarga ko‘ra tasniflanadi. 

Tortish  prinsipiga  ko‘ra  tarozilar  diskret  (davriy)  va  uzluksiz  ishlaydigan 

tarozilarga  ajraladi.  Muvozanatlovchi  momentni  vujudga  keltirish  uslubiga  ko‘ra 

tarozilar  ikki  guruhga  bo‘linadi:  mexanik  (shayinli  va  prujinali)  va  elektromexanik 

tarozilar.  Qo‘llanish  sohasi  va  tortish  chegararariga  ko‘ra  tarozilar  umumiy  vazifani 

bajaruvchi  laboratoriya  tarozilariga,  texnologik  tarozilarga;  avtomatlashtirish 

darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi. 



Dozatorlar – sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki hajmlarini 

avtomatik  o‘lchab  beruvchi  (dozalovchi)  qurilmadir.  Dozatorlar  diskret  va  uzluksiz 

ishlaydigan  bo‘lishi  mumkin.  Diskret  ishlaydigan  (porsion)  dozatorlar  asosan 

qurilmalarni  balandligi  bo‘yicha  joylashtiriladigan  texnologik  jarayonlarda 

qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar qurilmalarni gorizontal joylashtirish va 

materiallarni  konveyer  usulida  tashish  bilan  bog‘liq  texnologik  jarayonlarda 

foydalaniladi. 

Tarozi – o‘lchash texnikasining zamonaviy holati mexanik  tizimlardan elektron 

qurilmalarga 

kuchning 

elektromexanik 

(tenzorezistorli, 

vibrosterjenli) 

uzgartkichlaridan va zamonaviy mikroelektronik vositalardan foydalangan holda, shu 

jumladan  mikroprotsessorlardan  va  maxsus  qo‘llaniladigan  mikrosxemalardan 

foydalangan  holda  o‘lchash  bilan  ifodalanadi.  Bu  tarozilarning  aniqlik,  unumdorlik, 

avtomatlashtirilganlik  darajasi,  ishonchlilik  va    boshqa  shu  kabi  muhim 

ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi. 

Tarozi  va  dozatorlar  texnologik  qurilmalarning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi, 

shuning  uchun  ham  ularning  konstruksiyasi  va  qurilmalari  mazkur  darslikda  qarab 

chiqilmaydi. 

Mazkur  bobda  texnologik  qurilmalarga  kiritiladigan  avtomatik  torozi  o‘lchash 

qurilmalari  (torozilar  va  dozatorlar)  ning  ba’zi  o‘lchash  o‘zgartkichlari  qarab 

chiqiladi.  Elektromexanik  shayinsiz  tarozilarning  konstruksiyasi  eng  istiqbollidir, 

bunda  yuk  ko‘taruvchi  qurilma  bevosita  kuch  o‘zgartkichiga  ta’sir  qiladi.  Signalni 

o‘zgartirish  va  qayta  ishlash,  tortish  natijalarini  indikatsiyalash,  shuningdek,  tortish 

jarayonini  boshqarish  va  ma’lumotlarni  chiqarish  (olish)  datchik  bilan  kabel  orqali 

bog‘langan ajratuvchi blok (asbob) vositasida amalga oshiriladi. 




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling