O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/46
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#243483
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

ALT  ni  ta’minlash  vositalari.  ALT  ta’minot  vositalari  yig‘indisi  asosida 

amalga  oshiriladi.  Bunday  vositalarga  tashkiliy,  uslubiy,  matematik,  lingvistik, 

dasturviy, informatsion va texnik tam’inot kiradi. 

Tashkiliy  ta’minot  –  loyiha  tashkiloti  va  uning  bo‘linmalari  tarkibini,  ular 

orasidagi  bog‘lanishni,  ularning  vazifalarini,  shuningdek  loyihalash  natijalarini 

ko‘rsatish shaklini belgilovchi hujjatlar to‘plamidir. 




 

52 


Uslubiy (metodik) ta’minot – ALT ta’minot vositalarini tanlab olish va ishlatish 

qoidalarini,  tarkibini  belgilovchi  hujjatlar  to‘plami.  Uslubiy  ta’minot  loyihalashni 

avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni belgilaydi. 

Matematik  ta’minot  –  matematik  usullar,  matematik  modellar  va  loyihalash 

algoritmlari to‘plami. 

Lingvistik  ta’minot  –  loyihalash  tillari  to‘plami  bo‘lib,  unga  atamalar  va 

ta’riflar,  tabiiy  tilni  farmallashtirish  qoidalari,  ALT  da  matnlarni  qisqartirish  va 

kengaytirish uslublari kiradi. 

Dasturviy 

ta’minot  –  amaliy  dasturlar  paketi  (ADP)  ko‘rinishida 

rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mashina dasturlari to‘plami. 

Informatsion ta’minot – LAS uchun talab qilinayotgan ma’lumotlar to‘plami. 

Texnik  ta’minot  –  o‘zaro  bog‘liq  va  o‘zaro  ta’sirlanuvchi  texnik  vositalar 

to‘plami.  ALT  texnik  ta’minoti  dastavval  EHM  ni  o‘z  ichiga  oladi.  ALTda  EHM 

sifatida turli oiladagi (tipdagi) mashinalar foydalanilishi mumkin. EHM ning aniq turi 

ALT  ierarxiyasidagi  tegishli  bo‘linmaning  darajasi  bilan,  shuningdek,  hal 

qilinayotgan masalalar sinfi bilan belgilanadi. 

EHM  dan  ALT  da  foydalanishning  samaradorligi  atrofdagi  qurilmalarning 

tarkibi  bilan  belgilanadi.  Tashqi  (atrofdagi)  qurilmalarni  minimal  EHM  kompleksi 

qurilmalariga  va  maxsus  qurilmalarga  ajratish  mumkin.  Qurilmalarning  birinchi 

guruhiga  an’anaviy  tashqi  qurilmalar  kiradi:  magnit    lentalaridagi,  magnit  

disklaridagi tashqi XQ (xotirlash qurilmalari); perfolenta va perfokartalardan kiritish 

–  chiqarish  qurilmalari;  alfavit  –  raqamli  bosish  qurilmasi;  perfolenta  va 

perfokartalarda ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari. 

Maxsus  qurilmalarga  ekranda  matnli,  raqamli  va  grafik  axborotni  aks  etish 

uchun  alfavit  –  raqamli  va  grafik  displeylar,  chizmachilik  avtomatlari,  dastlabki 

grafik  materiallarni  EHMga  kiritish  uchun  grafik  axborotni  kodlash  qurilmalari 

kiradi. 



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling