O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/46
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#243483
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

ALT  ning  ishlash  rejimlari.  Foydalanuvchi  –  loyihachi  ALT  bilan  quyidagi 

ikki rejimdan birida o‘zaro ta’sirlashishi mumkin: paketli yoki dialogli rejimda. 

Paketli  rejim  –  loyihalashning  eng  sodda  rejimidir.  Bu  rejimda  EHM  barcha 

loyihaviy  masalalarni  avtomatik  hal  qiladi.  Loyihachi  EHMga  dastur  kiritishi  va 

alfavitli  –  raqamli  yozish  qurilmasi  (ARYOQ)  da  yoki  graf  yasovchida  loyihalash 

natijalarini  olish  kerak.  Biroq  paketli  rejim  faqat  loyihani  ishlab  chiqishning  har 

daqiqasida dastur barcha zarur ishlarni nazarda tutgan holdagina qo‘llanishi mumkin. 

Dialogli  rejim  –  loyihalash  rejimi  bo‘lib,  unda  sikl  davriy  takrorlanadi: 

mashinaga  vazifa  berish,  javob  olish  va  javobni  tahlil  qilish.  Diaglogli  rejimni 

samarali  qo‘llash  uchun  EHM  reaksiyasining  (aks  ta’sirining)  o‘rtacha  vaqti 

yetarlicha kichik bo‘lishi zarur: sekundning ulushlaridan bir necha sekundgacha. Bu 

rejim  loyihalashda  barcha  ishlarni  oldindan  pogrammaga  solib  bo‘lmagan  holda 

qo‘llaniladi.  Loyihalashning  bundan  keyingi  yo‘nalishini  bir  qiymatli  aniqlash 

mumkin bo‘lmagan hollar yetarlicha tez–tez uchrab turadi. Bunday hollarda oldindan 

oraliq  natijalarni  tahlil  qilish,  qo‘shimcha  ma’lumotlarni  aniqlash,  yechimlarning 

mumkin bo‘lgan variantlarini qarab chiqish, eng yaxshilarini tanlab olish va shundan 

keyingina loyihalashni davom ettirish zarur. 



 

53 


Insonning EHM bilan dialogli ishlashini samarali amalga oshirish loyihachining 

individual  pultlarini  yaratish  tufayli  mumkin  bo‘ldi,  ular  loyihachining 

avtomatlashtirilgan  ish  o‘rinlari  (AIO‘)  deb  ataldi.  AIO‘  ning  texnik  vositalari 

tarkibiga  mini  yoki  mikro  EHM,  alfavitli  –  raqamli  va  grafik  axborotni  aks  ettirish 

qurilmasi,  alfavitli  –  raqamli  va  grafik  axborotni  kiritish  qurilmasi  kiradi.  AIO‘ 

markaziy  hisoblash  kompleksida  (MHK)  joylashgan  yoki  ALT  ierarxiyasining 

keyingi sathida joylashgan yanada yirik EHM bilan aloqaga ega. 

Alfavitli  –    raqamli  va  grafik  axborotni  aks  ettirish  qurilmalariga  alfavitli  – 

raqamli  displey  (ARD)  va  grafik  displey  (GD),  chizmachilik  avtomatlari  (CHA) 

kiradi.  ARD  ekranlarida  harflar,  raqamlar,  turli  maxsus  simvollardan  iborat  matnli 

axborot aks etadi. Bu axborot loyihachiga loyihalash jarayonini tahlil qilish uchun va 

qaror qabul qilish uchun zarur bo‘ladi. 

CHA  da  ham  matnli,  ham  grafik  axborot  rasmlar,  chizmalar,  grafiklar  va 

hokazolar tarzida akslanadi. CHA da olinadigan axborot hujjatlashtiriladi, uni saqlash 

yoki konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiritish mumkin. 

EHMga alfavitli – raqamli axborotni kiritish uchun displeylarning klaviaturalari 

«Konsul-260»  turidagi  pultli  yozuv  mashinkalari  qo‘llaniladi.  EHM  ga  amalda 

istagan  murakkablikdagi  grafik  axborotni  kiritish,  grafnk  axborotni  kodlash 

qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. 

 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling