O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/46
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#243483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bog'liq
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

Birlashtirib o‘lchash  bir nechta bir nomli kattaliklarni bir vaqtda o‘lchashdan 

iborat  bo‘lib,  unda  izlangan  kattaliklarning  qiymatlari  bevosita  o‘lchashda  hosil 

qilingan tenglamalar tizimidan topiladi. 

Bir  vaqtda  ikki  yoki  bir  nechta  nomdagi  turli  kattaliklarni  va  ular  orasidagi 

funksional munosabatlarni topish uchun olib borilgan o‘lchashlar  qo‘shma o‘lchash 

deyiladi.  Jumladan,  o‘lchash  rezistorining  20°C  dagi  elektr  qarshiligi  va  harorat 

koeffitsientlari  uning  qarshiligini  turli  haroratlarda  bevosita  o‘lchash  ma’lumotlari 

bo‘yicha topiladi. 

O‘lchashlar yana mutlaq va nisbiy o‘lchashlarga bo‘linadi. 

Bir  yoki  bir  nechta  asosiy  kattaliklarni  fizik  konstantalar  qiymatlaridan 

foydalanib  yoki  foydalanmasdan  bevosita  o‘lchash  mutlaq  o‘lchash  deb  ataladi. 

Masalan, shtangensirkul yordamida bajarilgan o‘lchashlar mutlaq o‘lchashdir, chunki 

unda o‘lchanayotgan kattalik qiymati bevosita olinadi. 

Biror  kattalikning  shu  ismli  birlik  vazifasini  bajarayotgan  kattalikka  nisbatini 

o‘lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattaligi deb qabul qilingan kattalik bo‘yicha 

o‘lchash  nisbiy  o‘lchash  deb  ataladi.  Masalan,  haroratni  termoelektr  effektdan 




 

11 


foydalanishga  asoslangan  o‘lchash  yoki  massani  tortish  usuli  bilan,  ya’ni  massaga 

mutanosib  bo‘lgan  og‘irlik  kuchidan  foydalanish  usuli  bilan  o‘lchash  nisbiy 

o‘lchashdan

 

iborat.  Nisbiy  o‘lchashdan  katta  aniqlik  zarur  bo‘lgan  hollarda 



foydalaniladi. 

O‘lchashlar  o‘lchash  asosini  aniqlab beradigan  fizik  hodisalarga  asoslanib olib 

boriladi.  Masalan,  moddaning  kengayishi  bo‘yicha  haroratni  o‘lchash, 

muvozanatlashtiruvchi  suyuqlik  ustunining  ko‘tarilishi  bo‘yicha  siyraklanish 

(vakuum)ni  o‘lchash.  O‘lchashning  biror asosini  amalga  oshirish uchun  turli  texnik 

vositalar  qo‘llaniladi.

 

O‘lchashlarda  qo‘llaniladigan  va  normallashgan  metrologik 



xossalarga ega bo‘lgan texnik vositalar o‘lchash vositasi deyiladi. O‘lchash asosi va 

vositasini belgilab beradigan usullar majmui o‘lchash usuli deyiladi. 

O‘lchashlarda  bevosita  baholash,  differensial,  o‘lchov  bilan  taqqoslash  va  nol 

(kompensatsion) usullar keng tarqalgan. 




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling