Nol (kompensatsion) usul o‘lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo‘lgan
kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma’lum kattalikni
o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan
ko‘priklar va boshqalar nol usulga asoslanib ishlovchi asboblarga misol bo‘la oladi.
Nol usul o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Mehnat unumdorligini oshirishda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va
avtomatlashtirishining roli qanday?
2.Birlamchi o‘zgartkich, birlamchi va ikkilamchi asboblar haqida qanday
tushunchaga egasiz?
3.Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda mikroprotsessor va elektron hisoblash
mashinalarining qo‘llanishi nimani beradi?
4.Metrologiya nima?
5.O‘lchash deganda nimani tushunasiz?
6. Qanday o‘lchash turlari mavjud?
7.O‘lchash xatoligi nima?
8. O‘lchash xatoliklarining kelib chiqish sabablari va qanday xatoliklarini bilasiz?
12
Do'stlaringiz bilan baham: |