Bevosita baholash usuli o‘lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o‘lchash
asbobining hisoblash qurilmasi bo‘yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan,
bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr
bilan o‘lchash va hokazo. Bu usulda o‘lchash aniqligi uncha katta bo‘lmasa ham,
o‘lchash jarayonining tezligi uni amalda qo‘llanishda tengi yo‘q usulga aylantiradi.
Differensial usul o‘lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning ayirmasini
o‘lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiq
o‘tkazuvchanligiga taqqoslash yo‘li bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik bo‘yicha o‘lchash.
G‘oyatda aniq o‘lchashlarda o‘lchov bilan taqqoslash usuli qo‘llanadi. Bunda
o‘lchanayotgan kattalik o‘lchash yordamida topilgan kattaliklar bilan taqqoslanadi.
Masalan, o‘zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element
EYUK iga teng bo‘lgan taqqoslash kompensatorida o‘lchash yoki massani pishangli
tarozilarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‘lchash. Bu usul ta’sir etuvchi
kattaliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |