13
Eng qulay, aniq va ishonchli o‘lchash usullari - haroratning birlamchi datchiklari
sifatida qarshilik termoo‘zgartkichi va termoelektr o‘zgartkichlardan foydalanadigan
kontaktli usullar hisoblanadi.
2.1-jadvalda sanoatda haroratni eng ko‘p tarqalgan o‘lchash vositalarining
qo‘llanish chegaralari ko‘rsatilgan.
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi asbob ichiga solingan termometrik
suyuqlikning hajmi harorat ko‘tarilishi yoki pasayishida o‘zgarishiga asoslangan.
Suyuqlikli termometrlar – 200
0
C dan + 750 °C gacha oraliqdagi haroratni o‘lchash
uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi yetarli
darajada yuqori va arzon bo‘lganligi sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan.
Shisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti (etanol), kerosin,
petroley efiri, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo‘llanish chegaralari 2.2-
jadvalda keltirilgan.
2.2 – jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: