15
o‘tkazgichlar birikkan joyning haroratiga ham bog‘liq bo‘lganlgi sababli birinchi va
ikkinchi ulanmalarda hosil bo‘lgan EYUK ham turlicha bo‘ladi.
Haroratni qarshilik termometrlari bilan o‘lchash harorat o‘zgarishi bilan
o‘tkazgich hamda yarim o‘tkazgichlar elektr qarshiligining o‘zgarish xususiyatiga
asoslangan. Demak, o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichning elektr qarshiligi uning
harorati funksiyasidan iborat, ya’ni R=f(t). Bu funksiyaning ko‘rinishi termometr
qarshiligi materialining xossalariga bog‘liq. Ko‘pchilik toza metallarning elektr
qarshiligi harorat ko‘tarilishi bilan ortadi, metall oksidlari (yarim o‘tkazgichlar) ning
qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrlarini tayyorlashda quyidagi talablarga
javob beruvchi toza metallar qo‘llaniladi:
1) o‘lchanayotgan muhitda metall oksidlanmasligi va kimyoviy tarkibi
o‘zgarmasligi kerak;
2) metalning haroratga qarshilik koeffitsienti yetarli darajada katta va
barqarorlashgan bo‘lishi lozim;
3) qarshilik harorat o‘zgarishi bilan to‘g‘ri yoki ravon egri chiziq bo‘yicha
keskin chetga chiqishlarsiz va gisterezis holatlarisiz o‘zgarishi kerak;
4) solishtirma elektr qarshilik yetarlicha katta bo‘lishi kerak. Ma’lum haroratlar
oralig‘ida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: