O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


–rasm. Ikki  o‘tkazgichli  termometrik  zanjir


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/46
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#243483
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

2.2–rasm. Ikki 

o‘tkazgichli 

termometrik 

zanjir 


 

15 


o‘tkazgichlar birikkan joyning haroratiga ham bog‘liq bo‘lganlgi sababli birinchi va 

ikkinchi ulanmalarda hosil bo‘lgan EYUK ham turlicha bo‘ladi. 



Haroratni  qarshilik  termometrlari  bilan  o‘lchash  harorat  o‘zgarishi  bilan 

o‘tkazgich  hamda  yarim  o‘tkazgichlar  elektr  qarshiligining  o‘zgarish  xususiyatiga 

asoslangan.  Demak,  o‘tkazgich  yoki  yarim  o‘tkazgichning  elektr  qarshiligi  uning 

harorati  funksiyasidan  iborat,  ya’ni  R=f(t).  Bu  funksiyaning  ko‘rinishi  termometr 

qarshiligi  materialining  xossalariga  bog‘liq.  Ko‘pchilik  toza  metallarning  elektr 

qarshiligi harorat ko‘tarilishi bilan ortadi, metall oksidlari (yarim o‘tkazgichlar) ning 

qarshiligi  esa  kamayadi.  Qarshilik  termometrlarini  tayyorlashda  quyidagi  talablarga 

javob beruvchi toza metallar qo‘llaniladi: 

1)  o‘lchanayotgan  muhitda  metall  oksidlanmasligi  va  kimyoviy  tarkibi 

o‘zgarmasligi kerak; 

2)  metalning  haroratga  qarshilik  koeffitsienti  yetarli  darajada  katta  va 

barqarorlashgan bo‘lishi lozim; 

3)  qarshilik  harorat  o‘zgarishi  bilan  to‘g‘ri  yoki  ravon  egri  chiziq  bo‘yicha 

keskin chetga chiqishlarsiz va gisterezis holatlarisiz o‘zgarishi kerak; 

4) solishtirma elektr qarshilik yetarlicha katta bo‘lishi kerak. Ma’lum haroratlar 

oralig‘ida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob 

beradi. 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling