O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti
Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizdirilgan jismning issiqligi
ta’sirida hosil bo‘lgan nurlanish energiyasini o‘lchashga asoslangan. Nurlanish pirometrlari 20 dan 6000 °C gacha bo‘lgan haroratlarni o‘lchashda ishlatiladi. Issiqlik nurlanishi nurlanayotgan jism ichki energiyasining elektromagnit to‘lqinlari tarzida tarqalish jarayonidan iborat. Bu to‘lqinlar boshqa jismlar tomonidan yutilganda ular qaytadan issiqlik energiyasiga aylanadi. Jismlar haroratiga teng bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarni 0 dan ∞ gacha bo‘lgan oraliqda tarqatadi. Qattiq va suyuq moddalarning ko‘pi nurlanishning uzluksiz spektriga ega, ya’ni barcha uzunliklardagi to‘lqinlarni tarqatadm. Boshqa moddalar (sof metallar va gazlar) nurlanishning selektiv spektoriga ega, ya’ni ular to‘lqinlarni spektrning ma’lum chegaralaridagina tarqatadi. To‘lqin uzunligi λ≈0,4 dan λ≈0,76mkm gacha bo‘lgan chegara ko‘rinadigan spektrga moc keladi. Ko‘rinadigan spektrning har bir to‘lqin uzunligi ma’lum rangga mos keladi. λ≈0,4 dan λ≈0,44 mkm gacha bo‘lgan to‘lqin uzunliklari to‘q binafsha rangga, λ≈0,44 dan λ≈0,49 mkm gacha – ko‘k zangori, λ≈ 0,49 dan λ≈0,59 mkm gacha to‘q va och yashil; λ≈0,58 dan λ≈0,63 mkm gacha – sariq – to‘q sariq; λ≈0,63 dan λ≈0,76 mkm gacha – och va to‘q qizil rangga mos keladi. λ≈0,76 mkm uzunlikdagi to‘lqinlar ko‘rinmaydigan infraqizil issiqlik nuriga kiradi. Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi: S F P , (3.1) bu yerda, S – tekislik yuzi; F – shu tekislik yuziga tik ta’sir qiladigan bosim kuchi. 16
Bosim xalqaro birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikulyar bo‘lgan 1 m 2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m 2 ). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi, kgk/sm 2 , bar, kgk/m 2 (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin. 3.1-jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
3.1 – jadval. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling