O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/270
Sana08.01.2022
Hajmi1.48 Mb.
#248450
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   270
Bog'liq
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)

AMALIY  MASHG’ULOT MAZMUNI 
VI-semestr bo’yicha dastur mazmuni 
 
 
1-AMALIY MASHGULOT 
Laboratoriya ishlarini bajarishda amal qilinadigan asosiy texnika xavfsizligi 
qoidalari 
Talabalar laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin texnika xavfsizligi talablari 
bilan tanishgan bo’lishlari shart. 
Talabalar  amaliy  mashulot  darslarini  olib  boruvchi  o’qituvchi  yordamida 
texnika  va  yoninga  qarshi  havfsizlik  qoidalarini  o’rgangach  va  instruktajdan 
o’tgach amaliy mashulot ishlariga qo’yiladi. 
Talaba  har  bir  ishni  boshlashdan  oldin  ish  uslubiyatini  yaxshilab  o’qishi, 
asosiy  tomonlarini  aniqlashi  va  amaliy  ishni  bajarish  jarayonida  o’qituvchining 
ruxsatisiz ishni bajarish texnikasidan chetga chiqmasligi kerak. 
Asosan  ish  tik  turgan  holda  bajariladi,  o’tirib  ishlashga  faqatgina 
alangalanish,  portlash  va  suyuqliklarning    sachrab  ketishi  havfi  bo’lmagandagina 
ruxsat beriladi.  
Havo  so’ruvchi  shkaflarida  ishlash  paytida  shamollatish  samaradorligini 
oshirish  maqsadida  shkaf  eshigini  1/3  –  1/4  qismga    ko’tarib  qo’yish  kerak.  Ish 
tugagach eshikni jipslab yopish kerak. 
Suyuqliklarni haydash jarayonida sovituvchi suv sarfini rostlab, sovutgich holatini 
va o’rnatilishini uzluksiz nazorat qilib turish lozim.  
Ishlatilgan  o’yuvchi  ishqorlar  (ishqorlar,  kislotalar,  kislotali  suvlar  va 
hokazo) neytrallangandan keyingina kanalizastiyaga to’kilishi lozim. Bundan oldin 
ularni  shu  maqsadda  ishlatiladigan  mos  etiketkali  shisha  idishlarga  quyish  kerak. 
Shuningdek  kanalizastiyaga  turli  yonuvchi  organik  erituvchilarning  qoldiqlarini 
ham quyish qat’iyan taqiqlanadi. Bu qoldiqlarni maxsus idishlarga quyish lozim. 
 Barcha  qurilmalar  isituvchi  va  boshqa  uskunalarni  talabalar  faqatgina 
o’qituvchi  yoki  laborant  ruxsati  bilan  o’chirishi  yoki  yoqishi  mumkin.  Ishlab 
turgan uskunalarni nazoratsiz qoldirish qat’iyan taqiqlanadi. 
Laboratoriyada  har  doim  qumi  bor  quti,  o’t  o’chirgich  va  yoninga  qarshi 
yopqich  bo’lishi  kerak.  Yonin  chiqqan  holda  eng  avvalo  gaz  va  elektr  isitgich 
uskunalarni o’chirish, yaqin atrofdagi yonuvchi moddalarni havfsiz joyga o’tkazish 
va shundan keyingina yoninni o’chirishga harakat qilish lozim.  
Agar  havo  so’ruvchi  shkafda  yonin  chiqsa  darhol  shamollatish  kanalining 
shiberini yopish kerak, aks holda kanal orqali yonin tarqalib ketadi. Shundan so’ng 
yoninni o’chirish choralarini ko’rish lozim. 
Elektr  uzatgichlari  yongan  hollarda  liniyadagi  tokni  o’chirish  va  qum, 
asbest yopqich, o’t o’chirgich bilan yoninni o’chirish choralarini ko’rish kerak. 
Texnika  havfsizligi  qoidalariga  rioya  qilmaslik  baxtsiz  hodisalarga  olib 
keladi. 
Har  bir  laboratoriya  ishini  o’tkazish  jarayonida  uskuna  bilan  ishlash 
qoidalari (instrukstiyasi)ga amal qilish shart. 
Talaba  texnika  xavfsizligi  qoidalari  bilan  tanishgandan  so’ng  maxsus 
jurnalga imzo chekadi. 


 
88 
Texnika xavfsizligi talablari quyidagilardan iborat: 

ishlab  turgan  uskunalarning  to’siqlarini  olib  tashlash  yoki  uni  joyiga 
qo’yish man etiladi, 

uskunalarni  aylantiruvchi  qayishlarning  sirpanish  tezligini  kamaytirish 
uchun  ularga  kanifol,  smola  kabi  moddalarni  surkash  yoki  qayishlarni  tortish, 
qaytadan  tikish  kabi  ishlarni  uskunalar  to’la  to’xtamaguncha  bajarish  mumkin 
emas; 

uskuna  ishlab  turganda  uni  tozalash,  aylanib  turgan  qismlariga  yog 
quyish yoki boltlarini tortish man etiladi;  

uskunaning  noto’gri  ishlayotgani  sezilgan  taqdirda  yoki  odatdagidan 
qattiq  taqillash  va  shovqin  eshitilganda,  uni  darhol  to’xtatib,  bu  haqda  laborant 
yoki o’qituvchiga xabar berish kerak; 

uskunani  hushyorlik  va  ehtiyotkorlik  bilan,  xavfsizlik  qoidalariga  amal 
qilgan holda ishga tushirish; 

uskunani sozlashni faqat o’qituvchining ruxsati bilan amalga oshirish; 

agar  uskunalar  bosim  ostida  yoki  issiqlik  quvvati  bilan  ishlayotgan 
bo’lsa, oldindan ular bilan ishlash qoidalarini o’rganib olish shart. 
 
Talaba  har  bir  ishni  boshlashdan  oldin  quyidagilarga  e’tibor  berishi  tavsiya 
etiladi: 

laboratoriya  ishini  boshlashdan  oldin  uning  mazmuni  va  maqsadini 
yaxshi tushunib olish; 

laboratoriya asbob-uskunalari bilan ishlash qoidalari bilan tanishish; 

texnika xavfsizligiga rioya qilish; 

laboratoriya  ishini  bajarish  uchun  qo’shimcha  o’quv  adabiyotlaridan 
foydalanish; 

laboratoriya  ishi  yakunlanganidan  so’ng,  jadval  tuzish  va  uni  to’ldirib, 
rasmlarini rasmiylashtirib tahlil qilish; 

bajarilgan laboratoriya ishi yuzasidan o’qituvchiga hisobot berish; 


 
89 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling