yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va
amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy
nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish”, yozma test, og’zaki
so’rov yoki on-line test shakllarida o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan
Ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‘tkazish
jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN
natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |