4. Donni valli dastgohlarda maydalashning asoslari.
Valli dastgohlarning ishchi organlari bir-biriga tomon turli aylanma tezlik bilan
harakatlanuvchi tishli yoki q’adir-budir yuzali gorizontal joylashgan ikkita
stilindrik valdan iborat. Maydalanayotgan material turidan boq’liq holda vallarning
turli geometrik, kinematik va yuklama ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Tez va sekin aylanuvchi vallar bir xil geometrik tavsifga (tishlarni zichligi,
tishlarning profili va tishlarning qiyalik burchagi) ega.
Un ishlab chiqarishda don va don mahsulotlarini maydalash darajasiga umumiy
yanchilish I kattaligi bilan tavsiflanadi va buning qiymatiga nafaqat vallarning
geometrik tavsifi (diametri, tishlarning yuzasi va o’zaro joylashuvi, ishchi
yuzaning q’adir-budurlik darajasi), balki vallarning kinematik ko’rstakichlari
(vallarning aylanma va nisbiy tezligi) ham, solishtirma yuklama kattaligi va
boshqa omillar ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |