1. Maydalash jarayonining asosiy vazifalari.
Un tortishga tayyorlashda buq’doy va javdarning anatomik qismlaridagi
strukturali-mexanik farqdan foydalangan holda, gidrotermik ishlov berish
usullarini qo’llab, maq’iz va qobiqning o’zaro farqli xossalari kuchaytiriladi. Navli
un tortishda ko’p marotabali maydalashdan asosiy maqsad maksimal darajada
qobiqlarsiz maq’izni maydalash. Shuning uchun navli un tortishda saylab
maydalash usuli keng qo’llaniladi. Maydalash uskunalarining optimal ko’rsat-
kichlarini mos tushishi donni yuqori samaradorlikda qo’llanishini va yuqori navli
unning maksimal chiqishini ta’minlaydi.
Boshoqli ekinlarni maydalash uchun un tortish natijalarining maqsadli
qo’llanilishidan boq’liq holda texnologik jarayonning turli bosqichlarida turli
maydalovchi mashinalar qo’llaniladi.
Maydalashning asosiy muammolaridan biri oxirgi mahsulotni iloji boricha
granulometrik tarkibi bo’yicha yuqori bir turlilikka erishishdadir. Bu maxsulot sifat
ko’rsatkichini bir xil bo’lish zaruriyatiga, shuningdek un olishda solishtirma
energiya siq’imini kamaytirish talablariga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |