O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»


Gazanalizatorning tuzilishi va ishlash printsipi


Download 4.88 Mb.
bet13/27
Sana17.09.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1679981
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Экология тажриба 2022

3. Gazanalizatorning tuzilishi va ishlash printsipi.
Ko’chma universal gaz analizatorning (UG-2) tuzilishi va uni germetik holatini tekshirish:
UG-2 ning buylama kesimi 1-rasmda ko’rsatilgan. Gazanalizator korpusi (1) ichida silfon (2) joylashgan. Silfon prujinali porshen (3) ga mustahkamlangan. Silfonga so’riladigan havo hajmini bir xil ushlab turish uchun uning ichki tomonidan itarib turuvchi halqalar joylashtirilgan. Gazanalizator korpusi ustidagi ftulka (7) shtokni bosganda uni to’g’ri yo’naltirishga mo’ljallangan. Ichki (11) va tashqi (10) rezina naylar shtutser (12) orqali bog’langan. Ichki rezina nayning ikkinchi uchi flanets orqali silfonga ulansa, tashqi rezina nayning ikkinchi uchi esa indikator trubkasiga ulanadi.
Shtokning tsilindrik yuzasi bo’ylab 4 ta kanalcha o’tgan. Bu kanalchalar ichida turli masofada joylashgan ikkitadan chuqurchalar bo’ladi. Shtok boshchasi ostida va har bir kanalcha yuqorisida analiz qilish uchun hajmdagi havoni ko’rsatib turuvchi raqamlar(100, 200, 300, 400) mavjud. Masalan, uglerod II- oksidini aniqlash uchun 300 sm3 havo zarur bo’ladi. Buning uchun shtokdagi kachalchalar tepasida, shtok boshchasi ostidagi 300 raqamli holat tanlanib, fiksator (8) ignasi tortiladi va shtok kanalchasining yuqoridagi chuqurchasiga tushguncha bosiladi. Fiksator ignasining uchi yuqoridagi chuqurchadan chiqib to pastki chuqurchaga tushguncha qadar silfonga 300 sm3 hajmda tekshirilayotgan havo yig’iladi.



Rasm.1. UG-2 qurilmasining kesimi.
1.Korpus, 2-silfon, 3-prujinali porshen, 4-itarib turuvchi halqa, 5-ikkita chuqurchali ariqcha, 6-shtok, 7-vtulka, 8-fiksator, 9-plata, 10-11-rezina nay, 12-shtutser.



Rasm 2. Trubka va patronlarni tayyorlash uchun ashyolar.
1-Shisha nay, 2-metall tayoqcha, 3-voronka, 4-indikator poroshogi solingan ampula, 5-tiqinlar, 6-rezina trubka (nay).





Rasm 3. Filtrlovchi patronlar.



Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling