O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»


Download 4.88 Mb.
bet12/27
Sana17.09.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1679981
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Экология тажриба 2022

Kerakli jihoz va materiallar: Reometr yoki rotametr, AFA filtrlari, patron (maxsus havo kamerasining teshigiga o’rnatilgan patronga AFA markali filtr o’rnatiladi), tajribaning davom etish vaqtini o’lchash uchun sekundomer, havo so’ruvchi asbob (maishiy chang yutgich), filtrni joylashtirish va olib qo’yish uchun qisqich, analitik tarozi, quritish shkafi, eksikator.


2-TAJRIBA ISHI
Atmosfera havosi tarkibidagi uglerod II oksidi (CO) miqdorini aniqlash
Uglerod II- oksidi - (CO). O’tkir hidli, rangsiz gaz. Uning 20-30 mg/m3 miqdori insonga taьsir etganda, og’iz bo’shlig’ida bemaza ta’m hosil bo’ladi. Ko’zni va nafas yo’llarini achishtiradi. CO ignabargli va mayda bargli daraxtlarga ayniqsa, kuchli taьsir ko’rsatadi. Uning havodagi miqdori 0,23-0,32 mg/m3 bo’lganda ignali va mayda bargli, qarag’ay daraxtini, 0,5-1,0 mg/m3 miqdori esa yirik bargli daraxtlarni ham quritishi mumkin.Agar havoda uglerod oksidi ko’p to’planib qolsa, odamlarda bronxit, gastrit, o’pka kasalliklarini vujudga keltiradi.
I-Ishning maqsadi:
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

  • havo tarkibidagi uglerod oksidlarini sifat va miqdor jihatdan aniqlashni o’rganish;

  • havoning ifloslanish darajasini sanitar-me’yoriy ko’rsatkichlar asosida baholash;

  • olingan natijalarga asoslanib, havo muhitini sog’lomlashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

2. Tajriba o’tkazish uchun kerakli asbob uskunalar va ashyolar
2.1. Gazanalizator UG-2
2.2. Uglerod II-oksidini aniqlash uchun KIS UG-2-08 komplekti;
KIS UG 2-08 komplekti tarkibida quyidagilar mavjud: uglerod II oksidi uchun indikator poroshogi ampulasi 20 dona, № 4 yutuvchi poroshogi ampulasi 2 dona, № 6 yutuvchi poroshogi ampulasi 2 dona, № 7 yutuvchi poroshogi ampulasi 14 dona, metall tayoqcha 1 dona, shtir 2 dona, shisha indikator trubkalari 100 dona, uch bo’g’imli shisha patronlar 4 dona, patron uchun voronka 1 dona, rezina naylar 2 dona, shkalali yorliq 1 dona, yopishqoqlik xossasiga ega bo’lgan paxta-tiqinlar.
2.3. Termostat.
2.4. Eksikator.
2.5. Psixrometr.
2.6. Termometr.
2.7. Barometr.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling