O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti 11b-20 tja guruh talabasi Rahmatov Avazbekning hisobot ishi


Download 1.12 Mb.
bet3/7
Sana19.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1710208
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hisobot — avaz

II. Asosiy qism
2.1 Sarf o'lchovchi asboblar tavsifi
Moddalarning miqdori bilan bog’liq bo’lgan o’lchashlarda moddalarning miqdori va sarfi muhim boshlang’ich tushuncha hisoblanadi. Modda miqdorini massa birliklari [kilogramm (kg), tonna (t)] da yoki hajm birliklari [metr kub (m3 ), litr (l)] da o’lchash mumkin. O’tkazish quvurining ko’ndalang kesimdan birlik vaqt ichida oqib o’tgan modda miqdoriga sarf deyiladi. Tanlab olingan o’lchov birligidan kelib chiqqan holda yoki hajmiy sarf G0 (birliklari m3 /s, l/s, m3 /soat) yoki massaviy sarf GM (birliklari kg/s, kg/soat, t/soat) o’lchanadi. Massa va massaviy sarf birliklari hajm birliklariga nisbatan modda miqdori va sarfi haqida ko’proq tushuncha beradi, moddalarning hajmi, ayniqsa gazlarning hajmi harorat va bosimga bog’liq. Gazlarning hajmiy sarflari o’lchanganda, qo’yilgan natija qiymatlariga erishish uchun o’lchashlar ma’lum sharoitlarda (normal sharoitlar deb ataladigan) olib boriladi. Normal sharoit sifatida haroratning tn = 20 °S, bosimning Ph = 101,325 kPa (760 mm sim. ust.) va nisbiy namlikning φ = 0 qiymatlari qabul qilingan. Bundagi gazlarning hajmiy sarfi GH bilan belgilanadi va hajmiy birliklarda o’lchanadi (masalan, m3 /soatda).

Davlat standartidan kelib chiqqan holda modda sarfini o’lchashga xizmat qiluvchi asbob sarf o’lchagich, modda miqdorini o’lchagich esa miqdoPhi hisoblagich (hisoblagich) deb ataladi. Har ikkala holda ham ushbu terminlarning yoniga o’zlari miqdorini o’lchayotgan muhitning nomi qo’shib aytiladi. Ko’p hollarda sarf o’lchagichlarning ko’rsatishlari vaqt bo’yicha qo’shiladi va hisoblagichning ko’rsatishi kabi gaz, issiq suv yoki bug’larning sarflangan miqdorini aniqlash yoki savdo hisoblarini olib borish va jihozlarning iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblashda ishlatiladi. Sarf o’lchagichlar va hisoblagichlardan foydalanishning ushbu xossasi ularning metrologik tavsiflarini spetsifik normallashtirish bilan belgilanadi. Ko’rib chiqilgan o’lchash vositalaridan farqli ravishda sarf o’lchagichlar va hisoblagichlarda ko’pincha asosan nisbiy xatolik me’yorlashtirilib, ushbu xatolik o’lchanayotgan sarf miqdoriga bog’liq. SHundan kelib chiqqan holda sarf o’lchagichlar dinamik diapazon tushunchasi kiritilgan bo’lib, yuqori o’lchash chegarasini quyi o’lchash chegarasiga nisbati Gyu.ch/Gq.ch bilan tavsiflanadi. Sarfni o’lchashda ko’p hollarda oqimga ishchi jism tushiriladi va bu asboblar uchun normalashtiriladiga bosimni yo’qotilishiga olib keladi va shuning uchun o’tkazish quvurining sarf o’lchagichgacha va undan keyingi sohasini chiziqli bo’lishi talab qilinadi. Oxirgi talab sarf o’lchagichning ko’rsatishini quvurdagi oqim tezligiga bog’liqligidan kelib chiqqan. Sarf o’lchashning yuqori chegarasi A = a10n qatordan tanlanadi, bu yerda a – 1; 1,25; 1,6; 2; 2,5; 3,2; 4; 5; 6,3; 8 sonlardan biri; n – butun son bo’lib, musbat, manfiy va nolni o’z ichiga oladi. Sarf o’lchashning turli usullari va sarf o’lchagich va hisoblagichlarning turli konstruktsiyalari mavjud. Quyidagi sarf o’lchagichlar eng keng tarqalganlari hisoblanadi: toraytiruvchi qurilmali bosimlar farqi o’zgaruvchan; bosimlar farqi o’zgarmas; taxometrik; elektromagnitli; ulьtratovushli; uyurmali; massali. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan sarf o’lchagich va hisoblagichlarning ko’pchiligi keng imkoniyatlarga ega bo’lgan mikroprotsessorli asboblar hisoblanadi. Energiyaga bog’liq bo’lmagan xotirasi hisobiga moddalarning sutkalik va oylik sarf miqdorlarining qiymatlari 1-3 yilgacha saqlanishi mumkin. Bu ma’lumotlar asbolarning raqamli displeylariga chiqarilishi va asboblarning raqamli chiqishiga PK va printer ulanishi mumkin. Turli interfeyslardan foydalanib, mikroprotsessorli sarf o’lchagich va hisoblagichlar lokal kompьyuter tarmoqlariga ulanishi va bunda asboblardan olinadigan o’lchash ma’lumotlari telefon, radiokanal va optik kabellar orqali uzatilishi mumkin. Sarf o’lchagich va hisoblagichlardan ma’lumotlarni qabul qilish va uzatishning turli variantlari adapter, modem kabi qurilmalar orqali amalga oshiriladi. Sarf o’lchagichlarning ba’zi turlari batareya va akkummulyatordan avtonom ta’minlanishga ega bo’lib, ularni elektr tarmoqlari bo’lmagan yoki elektr toki tez-tez uzilib qoladigan joylarda o’Phitish imkoni mavjud. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o’lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o’lchash tizimlarining qo’llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug’, yonilg’i) hisobga olish va nazorat qilish bo’yicha ko’pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog’liq holda tez aniqlashga imkon beradi.


    1. Download 1.12 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling