O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti 11b-20 tja guruh talabasi Rahmatov Avazbekning hisobot ishi


Download 1.12 Mb.
bet2/7
Sana19.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1710208
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hisobot — avaz

1.2 Tashkiliy tadbirlar


Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishi shart:
Ishlar xavfsiz olib borilishiga javobgar shaxslarni tayinlash;
Naryad yoki farmoyish berish;
Ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat berish;
Ish joyini tayyorlash va ishga qoʻyish;
Ish bajarilayotganda nazorat qilish;
Boshqa ish joyiga oʻtkazish;
Ishdagi tanaffuslarni va ish tugatilganini rasmiylashtirish.
Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi shaxslar javobgardir:
Naryad va farmoyish beruvchi;
Ish rahbari;
Ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat beruvchi shaxs;
Ish joyini tayyorlovchi shaxs;
Ishga qoʻyuvchi (ish joyini tayyorlovchi va ishga qoʻyuvchi bitta xodim boʻlishi mumkin);
Ish bajaruvchi;
Kuzatuvchi;
Brigada aʻzosi.
Naryad va farmoyish beruvchi ishlarni xavfsiz bajarish imkoniyatini belgilaydi. U naryadda koʻrsatilgan xavfsizlik choralarining toʻgʻriligi va yetarliligi uchun, brigadaning sifat va son jihatdan tarkibi hamda javobgar shaxslarni tayinlash uchun, shuningdek, naryadda koʻrsatilgan xizmatchilar bajarishi kerak boʻlgan ishga ularning elektr xavfsizligi guruhi boʻyicha muvofiqligi uchun javobgardir.
Naryad va farmoyishni berish huquqi korxonaning va uning tarkibiy qismlarining V guruhga mansub maʻmuriy-texnik xodimlariga beriladi.
Naryad berish huquqiga ega boʻlgan maʻmuriy-texnik xodimlar boʻlmaganda, kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni bajarish uchun ushbu elektr qurilmani ekspluatatsiya qiluvchi IV guruhga mansub navbatchi xodim tomonidan naryad va farmoyish berishga ijozat beriladi.
Bunday paytlarda navbatchi xodimga naryad berish huquqi korxona rahbariyatining yozma koʻrsatmasi bilan rasmiylashtirilishi shart.
Ish rahbari naryadda koʻrsatilgan barcha xavfsizlik choralarining bajarilganligi va yetarli ekanligiga, ishga qoʻyuvchi va ish bajaruvchi tomonidan brigada aʻzolariga berilgan yoʻl-yoʻriqning sifati va toʻliqligi uchun, shuningdek, ish jarayonida ishni xavfsiz olib borishni tashkil qilish uchun javob beradi.
Ish rahbarlari etib V guruhga mansub muhandis-texnik xodimlar tayinlanishi shart. Agar bajarilayotgan ishning ayrim bosqichlari ish rahbarining uzluksiz nazorati ostida va ish rahbari boshchiligida bajarilishi zarur boʻlsa, u holda naryad beruvchi naryadning “Alohida koʻrsatmalar” satriga bu haqda yozib qoʻyishi shart.
Ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat beruvchi shaxs ish bajarish uchun koʻzda tutilgan uskunani oʻchirish va erga ulash choralarining yetarliligi va ularni amalga oshirish mumkinligi, shuningdek, ishga qoʻyiladigan brigadalarning ish vaqtlari va joylarini muvofiqlashtirish uchun javobgar hisoblanadi.
Ish joyini tayyorlash va ishga qoʻyishga ijozat beruvchi shaxs navbatchilarga yoki ish joyini tayyorlayotgan tezkor taʻmirlovchi xodimlarga, shuningdek, ishga qoʻyuvchilarga uskunada oldindan bajarilgan oʻchirish va erga ulash ishlari haqida maʻlumot berishi shart.
Ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat berish huquqiga lavozim yoʻriqnomasiga asosan IV guruhga mansub navbatchi xodimlar, shuningdek, korxona koʻrsatmasi boʻyicha bunga vakolat berilgan maʻmuriy-texnik xodimlar haqli boʻladi.
Ish joyini tayyorlovchi shaxs ish joyini tayyorlash boʻyicha naryadda koʻrsatilgan choralarning toʻgʻri va aniq bajarilishi, shuningdek, ish sharoitlari boʻyicha talab qilinayotgan choralar (qulflarni, plakatlarni, toʻsiqlarni oʻrnatish va hokazo) uchun javob beradi.
Ish joylarini tayyorlashga navbatchilar yoki elektr qurilmasida tezkor almashlab ulashlarni bajarishga ijozat berilgan tezkor taʻmirlovchi xodimlarning huquqlari bor.
Ishga qoʻyuvchi koʻrilgan xavfsizlik choralarining toʻgʻriligi va yetarliligi, naryadda koʻrsatilgan choralar, ish joyi ish xususiyatiga muvofiqligi, ishga qoʻyishning toʻgʻriligi, shuningdek, berilayotgan yoʻriqning sifati va toʻlaligi uchun javob beradi.
Ishga qoʻyuvchilar navbatchilar yoki tezkor-taʻmirlash xodimlaridan tayinlanishi lozim. Javobgar shaxslarga oʻrindoshlik asosida vazifalarning birini bajarishlariga ijozat berilganda ishga qoʻyish bundan mustasno. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida ishga qoʻyuvchi IV guruhga mansub, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda esa ishga qoʻyuvchi III guruhga mansub boʻlishi shart.
Ish bajaruvchi:
Tayyorlangan ish joyining naryad koʻrsatmalariga muvofiqligiga;
Brigada aʻzolariga berilgan yoʻl-yoʻriqning aniq va toʻlaligiga;
Kerakli himoya vositalari, asboblar, inventarlar, moslamalarning mavjudligiga, ishga yaroqliligi va ularni toʻgʻri qoʻllashga;
Ish joyida toʻsiqlar, xavfsizlik belgilarining va plakatlarning, qulflash tuzilmalarining saqlanishiga;
Ishlarning xavfsiz bajarilishi va ushbu Qoidalarga rioya etilishiga javob beradi.
Ish bajaruvchi brigada aʻzolari ustidan doimiy nazorat olib borishi va alkogol taʻsiridan mast holatda boʻlgan brigada aʻzolarini ishdan chetlashtirishi shart.
Naryad boʻyicha 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida ish bajaruvchi IV guruhga mansub, 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmasida esa — III guruhga mansub boʻlishi shart. Zararli gazlar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan yer osti inshootlarida va kuchlanish ostida bajariladigan ishlar bundan mustasno, bunda ish bajaruvchi IV guruhga mansub boʻlishi shart.
Elektr qurilmalarida mustaqil ishlash huquqiga ega boʻlmagan brigada ishchilari ustidan nazorat olib borish uchun kuzatuvchi tayinlanishi shart.
Kuzatuvchi:
tayyorlangan ish joyi naryad koʻrsatmalariga muvofiqligi uchun;
ish joyida oʻrnatilgan erga ulagichlar, toʻsiqlar, xavfsizlik belgilari, plakatlar, uzatmalarning qulflovchi tuzilmalari mavjudligi va saqlanishi uchun;
Ishning texnologiyasi bilan bogʻliq xavfsizlik uchun shu brigada tarkibiga kiritilgan, unga boshchilik qiladigan xizmatchi javobgardir va u doim ish joyida boʻlishi shart. Uning familiyasi naryadning “Alohida koʻrsatmalar” satrida koʻrsatiladi.
Kuzatuvchilar III guruhga mansub xizmatchilardan tayinlanishi mumkin.
Har bir brigada aʻzosi ushbu Qoidalarni, ishga qoʻyish paytida va ish jarayonida olgan yoʻl-yoʻriqli koʻrsatmalarni, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mahalliy yoʻriqnomalar talablarini bajarishi shart.
Tashkilot rahbariyati yozma koʻrsatma bilan oʻz xizmatchilariga quyidagi huquqlarni berishi rasmiylashtirilishi shart: naryad, farmoyish berish; ish rahbari; ish bajaruvchi; ishga qoʻyuvchi (tezkor taʻmirlovchi xodimlardan), shuningdek, elektr qurilmalarini bir oʻzi koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlish.
Javobgar shaxslarga oʻrindoshlik asosida ushbu vazifalarning birini bajarishlariga ijozat beriladi.
HLda ish joyini tayyorlash uchun kommutatsiya apparati bilan operatsiya bajarmasdan turib, faqat kuchlanish yoʻqligini tekshirish va koʻchma erga ulagichlarni oʻrnatish talab etilgan hollarda ish rahbari yoki taʻmirlash brigadasidan tayinlangan ish bajaruvchi oʻrindoshlik asosida ishga qoʻyuvchi vazifasini bajarishiga ijozat beriladi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling