O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Respublika agrosanoat majmuasi infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
5.3. Respublika agrosanoat majmuasi infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari
Agrosanoat majmuasi infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq: 1. majmua tarmoqlari, korxonalarining ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma xizmatlariga bo’lgan real talablarini hisobga olish; 2. infratuzilma xizmatlari narxlarining ishlab chiqaruvchilar uchun ma’qul bo’lishiga erishish (lozim bo’lganda davlatning iqtisodiy dastaklar orqali aralashuvini joriy etish va raqobatni rivojlantirish orqali); 3. infratuzilma sub’ektlari faoliyatini tartibga sotib turish yo’llarini topish; 4. infratuzilma xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirish, monopoliyaga yo’l qo’ymaslik; Agrosanoat majmuasi infratuzilmani keskin rivojlantirish bugungi kun zaruratidir. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasi quydagi yo’nalishlarda rivojlantirilishi maqsadga muvofiq: Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarga xizmat ko’rsatadigan tarmoq va xizmatlarning turlarini ko’paytirish. Hozirda mamlakat qishloq xo’jaligi o’ziga zarur bir qancha xizmatlarni to’liqligicha va sifatli darajada olmayapdi. Masalan, ularga zarur bank, moliya bozoridagi o’zgarishlar, turli sharoitlarda kerakli qonuniy va iqtisodiy maslahatlar bilan ta’minlanish darajasi past holatda. Bu misollar qishloq xo’jaligi uchun zarur xizmatlarning bir kichik qismidir. SHu sababli ishlab chiqarish infratuzilmasining xizmat turlarini ko’paytirish lozim; 58 Xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning boshqa bir yo’nalishidir. Bu eng katta ahamiyatga ega yo’nalishlardan biridir. Raqobatning bo’lmasligi ko’rsatilyotgan xizmatlar narxning yuqori bo’lishini ta’minmoqda. Ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatining pastligi ham raqobat yo’qligidan yoki uning deyarli yo’qligadandir. Masalan, hozirda yurtimizda 112 ta muqobil mashina – traktor parklari mavjud. Lekin ularning texnik imkoniyatlari juda past bo’lganligi sababli, qishloq xo’jaligi korxonalari asosan, davlat aktsiyadorlik jamiyatlari maqomida tashkil etilgan 180 ta mashina-traktor parki xizmatlaridan foydalanishga majburdirlar; Xizmat ko’rsatish sohasida katta imkoniyatlar xo’jaliklarning o’zlari tomonidan birgalikda tashkil etiladigan “ittifoq”lardadir. Masalan, texnikadan birgalikda foydalanish ittifoqlarini tashkil etish masalasi ijobiy natijalar berishi mumkinligiga qarmasdan bu soha rivojlangan emas. Bunga asosiy sabab xo’jaliklarni boshqarayotgan rahbarlarda bunday ishlarga tajriba, bilim yo’qligidadir. Agarda ittifoq tuzilgan holda ham uni tashkil etgan barcha xo’jaliklar uchun undagi texnikadan samarali foydalanish bo’yicha manfaatli tartib – qoidalar ishlab chiqilmagan. Demak, bu boradagi ishlarni rivojlantirish zarur. Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling