O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Qishloq xo’jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va samaradorligini
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
8.2. Qishloq xo’jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va samaradorligini
ifodalovchi ko’rsatkichlar Qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan qanday (samarali, samarasiz, yaxshi yoki yomon) foydalanayotganligimizni bilishimiz zarur. Yerdan foydalanishning darajasi, samaradorligini aniqlashning usullari olimlar tomonidan yetarli darajada chuqur o’rganilgan. Iqtisodiy fan qishloq xo’jaligida yerdan foydalanish holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni ikki guruhga bo’lib o’rganadi. Birinchi guruhga yerdan foydalanish darajasini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar kiradi: 1). Yer fondining tarkibi (strukturasi). Jami yer maydonida qishloq xo’jaligiga yaroqli (qishloq xo’jaligiga tayin etilgan) yerlarining salmog’i, (foizlarda ifodalanadi). Bu ko’rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 100 . . . . . . . х м ер Ж ер тэ Кх сал ер Кх Bunda: Qx yer sal. – qishloq xo’jaligiga yaroqli yer salmog’i, % J. yer m. - jami yer maydoni, ga 67 Qx. Te. Yer. - qishloq xo’jaligi uchun tayin etilgan yer maydoni, ga Bu ko’rsatkich mavjud (mamlakatda, regionda, xo’jalikda) yer maydonlarining qancha qismi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli (yoki qishloq xo’jaligiga tayin etilganligini) ekanligini bildiradi. Turli xo’jaliklarning, mamlakat va regionlarning umumiy yer maydonlari bir miqdorda bo’lishiga qaramasdan qishloq xo’jaligida foydalanishga yaroqli bo’lgan maydonlari turlicha bo’lishi mumkin. Qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlari kam miqdorda bo’gan davlatlar, region va xo’jaliklar bu masalaga alohida qarashlari zarur. Ular har bir gektar yerni avaylab asrashi va qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqlarga o’tib ketishini juda qattiq nazoratga olishlari zarur bo’ladi. Mamlakat, mintaqa (hudud) va xo’jaliklarda yerlarni qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqqa o’tib ketishi faqatgina davlat zarurati, imkonsiz hollarda yoki juda katta samara keltirishi mumkin bo’lgan holatlardagina amalga oshirilishi kerak. 2). Qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar tarkibini ko’rsatadi. Jumladan, jami qishloq xo’jaligi yerlarida haydaladigan yer salmog’i quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 100 . . . . . . . . х м ер х Жк турлари ер Кх тар ер Кх Bunda: Qx yer tarkibi – qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi, % Qx yer turlari - qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydoni, ga Jq.x. yer m. - jami qishloq xo’jaligi yer maydoni, ga 3). Yerdan foydalanish koeffitsienti (martaliligi). Bu ko’rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. га м э Ж га Хэм к Ерф ., . . , . . Bunda: Yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsienti, marta H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga J.e.m - jami ekin maydoni, ga Er fondidan foydalanish ko’rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy samaradorlik bilan bog’liq ko’rsatkichlar kirib ularning o’zi natural va qiymat ko’rsatkichlarga bo’linadi. Natural ko’rsatkichga qishloq xo’jaligi ekin turlarining hosildorligi kiradi. Hosildorlik quyidagicha aniqlanadi. га Эм Ях Х ., Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) hosildorligi, ts/ga Yah - yalpi (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) hosil, ts Em - ekin (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga Erdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlash maqsadga muvofiq: 1). Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so’m. Bu ko’rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. га м э Ж сўм Ям с Ерф ., . . ., . . Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so’m Ya.m. – yalpi mahsulot, so’m Jem - jami ekin maydoni, ga 2). Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdori, so’m. Bu ko’rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 68 га м э Ж сўм ф Ж с Ерф ., . . ., . . . Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so’m J.f. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so’m Jem - jami ekin maydoni, ga Ushbu ko’rsatkich natijalari ham o’sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdoriga ta’sir qiladigan omillar juda ko’p. Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham o’rganish lozim. Ayniqsa, mamlakatimiz uchun suv resurslarining ahamiyati katta. SHu sababli 1 metr kub suv hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning samarasini bildiradi. Bu ko’rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash mumkin. Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling