O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Фермер хўжаликларининг ижобий ва салбий томонлари
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Саблий (заиф) томонлари
Фермер хўжаликларининг ижобий ва салбий томонлари
Ижобий (кучли) томонлари: 5. хўжалик юритишнинг маҳаллий шароитларига тобора тезроқ мослаша олади; 6. кичик тадбиркорлик субъекти сифатида катта эркинликларга эгалиги; 7. қарорларни қабул қилиш ва уларни бажаришнинг ўзгарувчанлиги ва дарҳол ишга туширилиши;; 8. фаолиятни амалга оширишнинг, айниқса бошқарув сарф-ҳаражатларини нисбатан камлиги; 9. фермерларнинг ўз ғояларини амалга оширишларида ўз қобилиятларини намоён қилишда катта имкониятларга эга бўлиши; 10. дастлабки капиталнинг камлиги ва маҳаллий бозорнинг талабларига маҳсулот ва ишлаб чиқариш жараёнларига тез ўзгартиришлар киритиш орқали жавоб бериш; 11. капиталининг нисбатан юқорироқ суръатларда айланиб туруши; 12. тежамкорликнинг ва ўзига ишонишнинг юқорилиги; 13. тугатилганда ҳам мамлакат иқтисодиёти катта зарар кўрмаслиги. Саблий (заиф) томонлари: 6. Фан-техника ютуқларидан тезликда фойдалана олмаслиги; 7. Модий маблағнинг камлиги; 8. Ўзи учун инфратузилма хизматларини ярата олиш имкониятининг чекланганлиги; 9. Қишлоқ жойларда ижтимоий масалаларни ҳал этишда тўғридан- тўғри иштирокнинг чегараланганлиги. 64 qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi” 2 . Dehqon xo’jaliklarining faoliyati 1998 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonuni asosida olib borilmoqda. Dehqon xo’jaliklari qonunda belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini olishi mumkin. Yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo’jaligida ishlayotganlar ixtiyoriy ravishda O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasiga badallar to’lab borishlari mumkin. SHunday hollarda Pensiya jamg’armasining tuman bo’limlarida ularga mehnat daftarchasi belgilangan tartibda yuritiladi. Dehqon xo’jaliklari qishloq aholisini ijtimoiy foydali mehnatga va tadbirkorlikka jalb etish yordamida qishloq joylardagi (aholi uy xo’jaligidagi) resurslardan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilmoqda. Dehqon xo’jaliklari aholining ish bilan bandligini oshiradi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’payishiga olib keladi. Natijada, mamlakatning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport salohiyatini oshiradi va oziq-ovqat xavfsizlini ta’minlashda ijobiy rol o’ynaydi. Dehqon xo’jaligi qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega. Bu afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. ishlab chiqarish hajmining kichikligi tufayli bozordagi talab va taklifning o’zgarishiga nisbatan tez moslashadi hamda ko’p mablag’ sarflamay, o’z faoliyati yo’nalishlarini qayta tashkil eta oladi; 2. xalqimizda qadimdan shakllanish kelayotgan dehqonchilik madaniyatini avloddan- avlodga o’tkazish imkonini beradi; 3. oila a’zolari mehnatiga tayanish uy bekalari, qariyalar va bolalar mehnatidan ham unumli foydalanish imkonini yaratadi; 4. xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mulkdan (erdan) samarali foydalanish uchun imkon beradi; 5. yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi rolini o’ynaydi. 2 Ўзбекистон Республикасининг “Деҳқон хўжалиги тўғрисида”ги қонуни. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 3б. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling