190
GLOSSARIYLAR
Agrar (lotincha agrarius) - 1) yerga, yerdan foydalanishga, unga egalik qilishga oid
(masalan agar tanglik, agrar islohot); 2) sanoatga nisbatan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
asosiy o’rinda turishini ifodalovchi so’z (masalan agrar mamlakat va h.k.).
Agrar islohotlar – qishloq xo’jaligidagi islohotlar. Davlatning yerga bo’lgan
mulkchilik munosabatlari va yerda xo’jalik yuritish usullarini o’zlashtirishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmui. Dastlab agrar islohotlar kontseptsiyasi
maqsad va vazifalari,
yo’nalishi, uni o’tkazish bosqichlari aniqlab olinadi. SHunga asoslanib agrar islohotlarni
o’tkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi.
Agrar siyosat – agrar munosabatlar masalasida davlatning faoliyati.
Uning
yordamida yer, asosiy vositalarga bo’lgan mulkchilik, qishloq xo’jaligini
rivojlantirish
masalalarining asosiy yo’nalishlari belgilanadi. Qishloq xo’jaligini kompleks
rivojlantirishga qaratilgan faolit olib boriladi. Qishloq aholisining masalalarini hal etishninig
bosh yo’nalishlari belgilanadi. Har bir davlat o’z
manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakat
imkoniyatlarini hisobga olib agrra siyosatini olib boradi. Agrar siyosat ma’lum
davrlarda
o’sha darvning sharoitlarini hisobga olib o’zgarib, o’z zamonasiga moslashtirilib boriladi.
Agrar masala – qishloq xo’jaligida yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, xo’jalik
yuritish usullari yuzasidan paydo bo’lgan va har bir davrda o’z yechimini talab qiluvchi
masala.
Do'stlaringiz bilan baham: