191
Agrosanoat majmuasi – bu qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash,
ularni saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish bilan
shug’ullanuvchi tarmoqlar va majmua tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi sohalar
yig’indisidir. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar uchun ishlab chiqarish vositalari
ishlab chiqaruvchi tarmoqlar va xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma ham kiradi. Agrosanoat
majmuasi tarmoqlari 4 ta sohaga bo’linadi. Agrosanoat majmuasi birinchi sohasiga ishlab
chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, ikkinchi sohasiga qishloq xo’jaligi,
uchinchi sohasiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorovchi, qayta ishlovchi va tayyor
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar, to’rtinchi sohasiga infratuzilma
kiradi. Infratuzilma o’zi ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga, ishlab chiqarish
infratuzilmasi ikkinchi guruhga esa ijtimoiy infratuzilma kiradi.
Aylanma vositalar (mablag’lar) - korxona (xo’jalikning) xo’jalik faoliyatini
moliyalashtirish uchun foydalananiladigan pul mablag’lari; aylanma vositalar aylanma
ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi.
Aylanma kapital – kapital (ishlab chiqarish fondlari) ning har bir ishlab chiqarish
tsiklida sarf etiladigan va qiymati ishlab chiqarilgan tovarga to’liq o’tadigan qismi.
Aylanma mablag’lar – ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotni sotish
maqsadida zarur aylanma fondlarni va muomala fondini tashkil etish uchun
avanslashtirilgan pul mablag’lari yig’indisidir.
Aktiv (lotincha aktivus- faol, ta’sirchan, ishchan) – 1)buxgalteriya balansining chap
qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi
va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul mablag’lari, kapital sarflar,
qarzdorlik talabnomalari va b.) aks etadi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki
resurslari (bino, mashina, naqd pul, qimmatbaho qog’ozlar va b.). Pulga tez sotilishi
(aylanishi) mumkin bo’lgan, bozori chaqqon aktiv (veksellar, qimmatbaho qog’ozlar, oltin,
naqd pul, va b.) likvid aktivlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |