O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/124
Sana23.10.2023
Hajmi5.02 Mb.
#1717400
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124
Bog'liq
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

Biznes sohibkorlik – tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror 
ish bilan shug’ullanish. 
Bo’linmas fond - qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) ustav fondi 
qiymatining bir qismi bo’lib, u shirkat xo’jaligi tasarrufida qoladi va paychi a’zolar 
o’rtasida taqsimlanmaydi. 
Bazis davr – iqtisodiyotda joriy (hisobot) davri ma’lumotlari (ko’rsatkichlari) ni 
qiyoslash uchun qabul qilingan biror vaqt (oy, kvartal, yil va h.k.) yoki sana.
Bazis narx - 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va xalq xo’jaligi 
ko’rsatkichlari (masalan, milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xo’jaligi, yalpi mahsuloti va 
b.) dagi o’zgarishlarni indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. 2) sifat 
ko’rsatkichlari aniq bo’lgan tovarning kontrakt yoki preyskurant narxi. 
Balans ( lotincha balanx ) – biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim 
bo’lgan tomonlari (masalan, daromadlar va xarajatlar) o’rtasidagi nisbatlarning miqdoriy 
ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat 
resurslari balansi, daromad va xarajatlar balansi, to’lov balansi va boshqa balanslar mavjud. 
Bandlik – aholini ish bilan ta’minlash, mehnatga layoqotli aholining ijtimoiy foydali 
mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarni shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog’liq bo’lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. 
Bank krediti – banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital berishi. 
Banklar qaytarishlik, bank foizi to’lovi va muddatlilik shartlarida o’z mablag’lari va jalb 
etilgan mablag’lar hisobidan kreditlari beradi. Turli ssudalar (savdo-sotiq, ko’chmas mulkni 
garovga oilsh, asosiy kapitalni kengaytirish va boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari 
bor. 
Bank foiz stavkasi - banki ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq 
miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, 
muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog’liq. Tijorat va davlat banklari Markaziy 
(milliy) Bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan bank foiz stavkasi qarzning qaysi 
tarzda va qanday berilishiga ham bog’liq. Uzoq muddatli qarzning bank foiz stavkasi past, 
qisqa muddatlisiniki yuqori bo’ladi.
Bozor - sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasidagi tovar ayriboshlash munosabatlari; 
ishlab chiqarish bilan iste’molni o’zaro bog’lovchi mexanizm. Bozor ob’eti nafliligi bor 
tovar va xizmatlar. Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) bo’lib ular firmalar, uy 
xo’jaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat.

Download 5.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling