Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash,
qayta ishlash, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida, o’zaro texnologik va
xo’jalik aloqalar bilan bog’langan iqtisodiyotning tarmoqlari va xizmatlari yig’indisidan
iborat, yagona maqsad yo’lida ishlaydigan majmuadir. Agrosanoat majmuasi murakkab
tarkibga ega. Unga agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlaga ishlab chiqarish vositalari
ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxinalari (qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoati,
omuxta yem ishlab chiqarish sanoati, meneral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar,
kimyoviy vositalar va qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi
korxonalar), qishloq xo’jaligining o’zi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlaydigan
korxona va tashkilotlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarin qayta ishlovchi korxonalar, ularni
saqlaydigan, tashiydigan va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beradigan ulgurji
va chakani savdo tashkilotlari kiradi. Bundan tashqari agrosanoat majmuasi mo’’tadil
ishlashini ta’minlaydigan ko’p tarkibli xizmat ko’rsatish infratuzilmasiga ham egadir.
Agrosanoat majmuasi agrosanoat integratsiyasining mahsuli sifatida shakllanadi.
Agrosanoat integratsiyasi – sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy
munosabatlarning chuqurlashishi asosida bir butun tizimga aylanishi. Uning asosini
iqtisodiy, fan va texnika, texnologiya va boshqa xo’jalik imkoniyatlarini birlashtirish orqali
ishlab chiqarish va mehnatning umumlashtirilishi tashkil etadi. Agrosanoat
integratsiyasining rivojlanishi qishloq xo’jaligiga sanoatning kirib kelishini, qishloqning
iqtisodiy va ijtimoiy masalalarini optimal yetish imkoniyatini kuchaytiradi.
Agrotexnologiya – dehqonchilik texnologiyasi, qishloq xo’jalik ekinlarini
yetishtirish usullari tizimi. Agrotexnologiyaning nazariy asosi agronomiya hisoblanadi.
Agrotexnologiya quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi: tuproqqa ishlov berish; almashlab
ekish; o’g’itlar solish; urug’likni ekishga tayyorlash; ekish; ekinlarni parvarishlash; begona
o’tlar, kasalliklar va hasharotlarga qarshi kurash; hosilni yig’ib olish. Bu tadbirlarning har
biri o’z navbatida agrotexnologiya usullari yig’indisidan iborat. Masalan, yerni haydash,
tekislash, boronalash va ekishga tayyorlash usullari tuproqqa ishlov berish
texnologiyasining asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |